Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!

Chop etish Sahifani ulashish
05.12.2023 844 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” F-72-son farmoyishiga muvofiq Transport vazirligi markaziy apparatida “Mening Konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostida “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida diktant tashkil etildi.

 

Diktant Toshkent davlat transport universiteti O‘zbek tili kafedrasi dotsenti Sh. Yusupov tomonidan olib borildi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilangan normalarning mazmun-mohiyatini keng jamaotchilikka yetkazish, aholining huquqiy-siyosiy savodxonligini oshirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda vazirlik xodimlari faol ishtirok etishdi.

 

Diktant go‘liblari Konstitutsiya bayrami arafasida taqdirlanishadi.