Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘tgan bir yilda shahar yashil transport tarmog‘i qanday kengaydi?

Chop etish Sahifani ulashish
21.02.2024 979 Yangiliklar

O‘tgan 2023-yilda 27 ta poytaxt jamoat transporti yo‘nalishlari to‘liq elektrobuslardan iborat harakat tarkibiga o‘tkazildi. Elektrobuslar harakatlanayotgan yo‘nalishlar tarmog‘ining umumiy uzunligi 508 km dan ortiqni tashkil etmoqda.

 

Eski avtobuslarning zamonaviy elektrobuslarga almashtirilishi yo‘lovchilarning poytaxt jamoat transportidagi safarini yanada qulay bo‘lishiga xizmat qilmoqda. Eng muhim jihat elektrobuslar yo‘nalishlarga chiqarilishi bilan atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalar miqdorini oyiga 93,3 tonnaga kamayishiga erishildi.

 

Elektrobuslar harakatlanyotgan yo‘nalishlarda yo‘lovchi oqimi 188% ga oshdi. 2024-yilda Toshkent shahri uchun yana 200 dona elektrobus xarid qilinadi.