Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Oʻzbekiston Hukumati delegatsiyasining Tojikistonga tashrifiga doir

Chop etish Sahifani ulashish
28.09.2020 6204 Yangiliklar

 

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning 7-yigʻilishida ishtirok etish uchun 2020-yil 29-sentyabr kuni Dushanbe shahriga tashrif buyuradi.

Komissiya kun tartibida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq va suv xoʻjaligi hamda madaniy-gumanitar sohalarida va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilish nazarda tutilmoqda.

Tashrif doirasida Oʻzbekiston – Tojikiston ishbilarmon doiralari vakillari oʻrtasida Biznes-forum va Ishbilarmonlar kengashining yigʻilishini oʻtkazish rejalashtirilgan.