Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O’zbekiston yana bir xalqaro shartnomaga qo‘shildi

Chop etish Sahifani ulashish
10.01.2020 5616 Yangiliklar

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti “Xalqaro shartnomalarga qo‘shilish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Mazkur hujjat bilan O’zbekiston Xavfli yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish to‘g‘risidagi Yevropa bitimiga (Jeneva, 30-sentyabr 1957-yil) hamda mazkur Bitimga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi Protokolga (Jeneva, 28-oktyabr 1993-yil) qo‘shildi.

Xavfli yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish to‘g‘risidagi Yevropa bitimi 1968-yilning 29-yanvaridan kuchga kirgan bo‘lib, 51 mamlakat jumladan Ozarbayjon, Belorussiya, Gruziya, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Turkiya va Ukraina unga a’zodir.

Yevropa bitimining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

- odamlar, uskunalar va tuzilmalar hamda atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash;

- xavfli yuklarni ortish, tashish va saqlash vaqtida xatarlarni maqbul darajagacha kamaytirish;

- xavfli yuklar tasnifiga kiruvchi tovarlar bilan savdo jarayonlarini tezlashtirish va tartibga solish.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati