Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Quruqlik portlari va multimodal tashuvlarni rivojlantirish masalalari muhokama etilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
06.12.2023 981 Yangiliklar

Bangkokda BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) tashabbusi bilan “Quruqlik portlari va multimodal transport” bo‘yicha ekspertlar uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

 

Unda Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi direktori B. Xolmatov ishtirok etmoqda.

 

Tadbirda aʼzo mamlakatlarda quruqlik portlarini va multimodal tashuvlarni rivojlantirish, BMTning “Quruqlik portlari” to‘g‘risidagi Bitimiga o‘zgartirishlar kiritish masalalari muhokama etilmoqda.

 

BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi tomonidan “Quruq portlar” onlayn maʼlumotlar bazasi shakllantirilishiga va multimodal transport bilan bog‘liq terminologiya va asosiy tushunchalar tavsifini o‘z ichiga olgan multimodal transport bo‘yicha qo‘llanma ishlab chiqilishiga kelishildi.