Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Samarqandda turizm maskanlariga olib boruvchi ekspress avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi

Chop etish Sahifani ulashish
20.12.2023 860 Yangiliklar

Shu maqsadda quyidagi 4 ta yo‘nalishda shahar ekspress avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi:

 

1 E - sonli “Temir yo‘l vokzali – Konigil turizm qishlog‘i”;

3 E - sonli “Amir Temur maqbarasi – Boqiy shahar turizm markazi”;

4 E - sonli “Amir Temur maqbarasi – Aeroport”;

5 E - sonli “Amir Temur maqbarasi – Xo‘ja Doniyor ziyoratgohi”.

 

Shuningdek, 2 E - sonli “Amir Temur maqbarasi – Imom al-Buxoriy ziyoratgohi” shahar atrofi ekspress avtobus yo‘nalishi ochiladi.

 

2024-yilning 23-yanvar kuni Samarqand viloyati hududidagi shahar va shahar atrofi ekspress avtobus yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi.

 

Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.