Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida IСAOninng “ICAN – 2023” tadbiri bo‘lib o‘tmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
06.12.2023 1331 Yangiliklar

“ICAN” tadbiri - IСAOga a’zo davlatlar o‘rtasida havo qatnovini rivojlantirish masalalarida ikki tomonlama (mintaqaviy yoki ko‘p tomonlama) muzokaralar va uchrashuvlar o‘tkazish uchun asosiy uchrashuv maydoni sifatida IСAO tomonidan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadi. 

 

O‘n beshinchi marotaba o‘tkazilayotgan tadbirda IСAOga a’zo davlatlardan (192 ta) jami 162 ta davlat aviatsiya ma’muriyatlari va ularning aviakompaniyalari hamda 1200 dan ortiq aviatsiya sohasi vakillari ishtirok etmoqda.

 

Tadbir doirasida IСAOga a’zo davlatlarning aviatsiya ma’muriyati rahbarlari va vakillari hamda boshqa aviatsiya tashkilotlari ishtirokida havo transporti va o‘zaro aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

 

Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi delegatsiyasi ishtirok etmoqda. O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari tomonidan mazkur tadbirda BAA, Saudiya Arabistoni Qirolligi, Bangladesh, Kanada hamda boshqa bir qator mamlakatlar bilan o‘zaro kelishuvlarga erishilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatda turizmni rivojlantirish hamda xalqaro aviaqatnovlar hajmini oshirish bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash yuzasidan belgilangan maqsadlarga erishilishi kutilmoqda.