Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Talaba yoshlar bilan uchrashuv

Chop etish Sahifani ulashish
12.02.2024 897 Yangiliklar

Bugun Toshkent davlat transport universitetida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda mamlakatimizda avtomobil transportida yo‘lovchi tashuvlari sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi yirik korxonalar rahbarlarining bitiruvchi talaba yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.

 

Tadbirda dastlab mamlakatimizda avtomobil transporti tizimini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida talaba yoshlarga batafsil ma’lumot berildi.

 

Shundan so‘ng, “O‘zavtovokzal servis” MChJ, “O‘zautotrans servis” MChJ hamda “Toshshahartransxizmat” AJ faoliyati va korxonalarda yoshlarga yaratilgan sharoitlar, yangi kadrlarga qo‘yilayotgan talablar, universitet talabalarini amaliyotga jalb qilish va ishga qabul qilish masalalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

 

Ochiq muloqot tarzda o‘tgan tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutasaddilardan atroflicha javob oldilar.