Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transafg‘on yo‘lagi orqali multimodal tashuvlar rivojlantiriladi

Chop etish Sahifani ulashish
15.11.2023 1654 Yangiliklar

Joriy yil 13–14-noyabr kunlari Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi hukumat delegatsiyasining Pokiston Islom Respublikasiga tashrifi amalga oshirildi.

 

Tashrif doirasida Transport vaziri Ilxom Maxkamov Pokistonning Kommunikatsiya, temir yo‘llari, dengiz ishlari vazirligi, Savdo vazirligi, “NLC-Logistics” va “TCS” kabi yirik transport logistika kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Muzokaralarda O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘oniston tomonlari o‘rtasida Transafg‘on yo‘lagi orqali multimodal transport tashuvlarini rivojlantirish, tashuvlarda undiriladigan yig‘im va to‘lovlar miqdorini qisqartirish, yuk tashuvlarini yengillashtirish hamda “O‘zbekiston – Afg‘oniston - Pokiston” temir yo‘l qurilishi loyihasini jadallashtirish maqsadida keyingi hamkorlik qadamlari belgilab olindi.