Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Buxoroga 20 ta yangi avtobus olib kelindi

Chop etish Sahifani ulashish
30.11.2023 1181 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.


Xususan, viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan harakat tarkibini yangilagan holda yo‘lovchilarga qulay va xavfsiz xizmat ko‘rsatishni tashkil etish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.


Ayni shu maqsadda “Progress mega trans” MCHJ tomonidan Xitoyning “Zhongtong Bus” kompaniyasida ishlab chiqarilgan 20 dona avtobus sotib olindi. Ushbu avtobuslar Buxoro shahar jamoat transportining yangi yo‘nalishlar tarmog‘ida tasarruf etilishi rejalashtirilgan.