Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Xalqaro transport-logistika yo‘lagi: Zangilondan rivojlanish impulslari”

Chop etish Sahifani ulashish
16.11.2023 1169 Yangiliklar

Bugun, 16-noyabr kuni Ozarbayjonning Zangilon shahrida “Xalqaro transport-logistika yo‘lagi: Zangilondan rivojlanish impulslari” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.

 

Konferensiyadan ko‘zlangan maqsad transmintaqaviy transport yo‘laklarini rivojlantirish va kengaytirish bilan bog‘liq asosiy masalalarni muhokama qilish, bu boradagi strategiyani belgilash va manfaatdor tomonlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iboratdir.

 

Konferensiya doirasida o‘tkazilgan yuqori darajadagi panel sessiyasida “Tranzit yo‘laklarini yaratish: Yevroosiyo salohiyatidan foydalanish” mavzusida fikr almashildi.

 

Panel muhokamasida Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev, Ozarbayjon raqamli rivojlanish va transport vaziri Rashad Nabiyev, Turkiya transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralo‘g‘li, O‘zbekiston transport vaziri Ilxom Maxkamov, Ozarbayjon Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Shahin Bagirov, Qozog‘iston transport vaziri o‘rinbosari Maksat Kaliakparov va Qirg‘iziston transport va kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Irisbek Bariyev ishtirok etdi.