Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Xorijdagi talabalarni vatanga olib kelish choralari ko’rilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
25.07.2020 6996 Yangiliklar

Koronavirus pandemiyasi tufayli xorjiy davlatlar o‘rtasida transport qatnovlariga nisbatan qo‘yilgan cheklov choralari sabab chet davlatlar oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan O’zbekistonlik talabalarni Vatanga olib kelish va o‘z oilalari bag‘riga eson-omon yetkazish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu kunga qadar Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Tomsk, Minsk,  Istanbul kabi shaharlardan talabalarimiz olib kelindi.

Respublika maxsus komissiyasi topshirig‘iga binoan avgust oyining birinchi 10 kunida Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Tomsk, Qozon, Rostov-Don, Kiev, Qohira shaharlaridan maxsus charter reyslari orqali O’zbekistonlik talabalarni olib kelish ishlarini tashkil etish masalasida xorjiy davlatlar aviatsiya ma’muriyatlari bilan ishlar olib borilmoqda.

 

O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati