O' Z B E K I S T O N   R E S P U B L I K A S I
T R A N S P O R T   V A Z I R L I G I

Zamonaviy texnologiya va yangi imkoniyatlar tadbirkorlikning rivoji yo'lida

02 Apr

Zamonaviy texnologiya va yangi imkoniyatlar tadbirkorlikning rivoji yo'lida

Yurtimizga turli yuk transport, jumladan temir yo'l orqali kirib kelayotgan eksport, import va tranzit yuklar (turli xil tovar va transport vositalari)ning chegaradagi rasmiylashtiruvini qisqa muddatlarda amalga oshirish albatta ular haqidagi ma'lumotlarning operativ tarzda bojxona organlariga taqdim etilishiga bevosita bog'liqdir.

Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasining Bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalarini rasmiylashtirishda bojxona tartibotlarini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar tug'risida”gi 2018 yil 25 sentyabrdagi 762-sonli, xamda 2019 yil 31 dekabrdagi 1057-sonli qarorlarini ijrosini ta'minlash maqsadida, temir yo'l transportida tashilayotgan tovarlar bo'yicha dastlabki elektron axborotni bojxona organlariga tashuvchilar yoxud tovar egalari yoki tovarga nisbatan vakolatga ega bo'lgan shaxslar tomonidan berilishi majburiy etib belgilanganidan kelib chiqib, “O'zbekiston temir yo'llari” AJ saytida, temir yo'l transportida tashilayotgan tovarlar bo'yicha bojxona organlariga dastlabki elektron ma'lumot taqdim etish masalasida barcha uchun foydalanish mumkin bo'lgan ta'minot dasturi ishlab chiqildi.

Joriy yil 2 apreldan boshlab bu borada yana bir yangilik va qulaylik o'z ishini boshlaydi, ya'ni tovar kelmasidan avval u haqidagi ma'lumotlar bojxona organlariga elektron tarzda https://pei.railway.uz saytiga yuk oluvchilar tomonidan taqdim etiladi.

Do'stlaringizga ulashing:

Boshqa maqolalar:

03 Jun

Avtotransportning og‘irligi va gabaritlari nazorat qilinadi

Avtotransportning og‘irligi va gabaritlari nazorat qilinadi

03 Jun

Charter reyslar orqali Istanbul va Moskvadan 677 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi

Charter reyslar orqali Istanbul va Moskvadan 677 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi

Telegram kanaliga qo‘shiling va eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
A'zo bo'lish