Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

14- fevraldan "Uzbekistan Airways" xodimlari yangi formada ish boshlaydi

Chop etish Sahifani ulashish
13.02.2020 7217 Yangiliklar

"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi matbuot xizmati habariga ko’ra 2020-yil 14- fevraldan boshlab uchuvchilar va  bortkuzatuvchilar yangi formada faoliay olib borishni boshlaydi. Bu so’nggi 15 yil ichida samolyot ekipaji qiyofasida ro’y berayotgan keskin o’zgarishdir. Kiyimlardagi asosiy rang quyuq akvamarin va terrakota ranglaridir.

Qizlar uchun yubka, shim, bluzkalardan iborat bo'lgan, ikki xil rangli yangi to'plam taqdim etilgan. Pidjakning astarlari  terrakota rangida bo'lib, logotip tasviri tushirilgan. Aksessuarlar sifatida bosh kiyim, matoli va charm qo'lqoplar, soch turmagi yaratish uchun matoli elastik tasmasi va ikki xil rangdagi bo'yin sharflari kiritilgan. Bluzkalar va bo'yinbog'lardagi bezaklar sharqona uslubda yaratilgan. Qishki yomg'irpo'sh- paltosi yechib olinadigan izolyatsiyalangan astarga ega.

Erkak-bortkuzatuvchi xodimlari uchun to'plam quyuq kulrang rangdagi uch qismli kostyum ko'rinishida, quyuq akvamarin bezaklari bilan taqdim etiladi. Bosh kiyim to'q kul rangda kumush bezak bilan bezatilgan.

Uchuvchilar uchun kostyumlar oldingi rangida qoldirilgan. Brendli tugmalar va eksklyuziv galstuklar yaratildi.

Mato turli iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda tanlangan. Loyihada mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etishdi. Matolarni tanlash va asosiy to'plamning birinchi partiyasini tikish Turkiyaning "Dress Best Uniforms" kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi, - deyiladi aviakompaniya xabarida.