O' Z B E K I S T O N   R E S P U B L I K A S I
T R A N S P O R T   V A Z I R L I G I

8 iyundan «yashil» va «sariq» hududlarda jamoat transporti sifatida avtobuslar harakatlanishiga ruxsat berildi

05 Jun

8 iyundan «yashil» va «sariq» hududlarda jamoat transporti sifatida avtobuslar harakatlanishiga ruxsat berildi

 

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq joriy yilning 8 iyunidan – «sariq» va «yashil» hududlarda jamoat transportida shahar (tuman) va shahar atrofi yo‘nalishlari bo‘yicha avtobus harakatlariga ruxsat berildi.

Damas, mikroavtobus va metropoliten faoliyati bundan mustasno.

Jamoat transporti faoliyatini qayta tiklashda quyidagi talablarga qat’iy rioya qilish talab etiladi:

• avtokorxona tomonidan transport vositasini har bir qatnov oldidan va oxirgi bekatda, shuningdek, avtoshohbekatlarda to‘liq dezinfektsiya qilish;

• haydovchilarni tibbiy niqob va qo‘lqoplar bilan ta’minlash hamda ularni muntazam ravishda o‘z vaqtida almashtirib borish choralarini ko‘rish;

• avtobus saloniga faqatgina tibbiy niqobdagi yo‘lovchilarni kiritish.

Transport vazirligining mas’ul xodimlari ushbu talablarga rioya etilishini nazorat qiladi.

Yo‘lovchilardan esa karantin talablariga qat’iy amal qilish va ijtimoiy masofani saqlash so‘rab qolinadi. Jamoat transportida karantin talablarini buzish tegishli ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Do'stlaringizga ulashing:

Boshqa maqolalar:

30 Sep

Abxaziya bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari Rossiya tomonidan Davlat chegarasini tranzit maqsadida kesib o‘tishga ruxsat berilgandan so‘ng O‘zbekistonga qaytariladi

Abxaziya bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari Rossiya tomonidan Davlat chegarasini tranzit maqsadida kesib o‘tishga ruxsat berilgandan so‘ng O‘zbekistonga qaytariladi

30 Sep

XALQARO TASHISHDA – ELEKTRON YUK ХATI

XALQARO TASHISHDA – ELEKTRON YUK ХATI

Telegram kanaliga qo‘shiling va eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
A'zo bo'lish