Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Jamiyat taqdirini xavfga qoldirayotgan “uddaburon” haydovchilar

Chop etish Sahifani ulashish
20.04.2020 5047 Yangiliklar

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini va xavfsizligini ta’minlash maqsadida, 2020 yil 27 mart kunidan boshlab viloyatlararo harakatlanish barcha transport vositalari (yengil avtotransport, avtobus, avia va temir yo‘l) uchun to‘xtatildi.

Yuqoridagi harakatlarning barchasi respublikamiz hududida ushbu xavfli infektsiyaning keng tarqalib ketishining oldini olish, har bir fuqaroning salomatligini qat’iy muhofaza qilishga qaratilgan.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan o‘rnatilgan ushbu cheklov choralariga qaramasdan, yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ayrim tadbirkorlar tomonidan o‘z hayoti va atrofdagilarning salomatligini xavf ostiga qo‘yib, karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzish holatlari ham afsuski uchrab turibti.

Xususan, joriy yilning 16 aprel kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan “Buyuk Turon” MChJ ga tegishli hududda "Mercedes-benz" rusumli davlat raqam belgisi 85 380 UAA bo‘lgan avtobus haydovchisi karantin tufayli o‘rnatilgan cheklov choralariga qaramasdan, o‘zboshimchalik bilan 45 nafar yo‘lovchilarni Surxondaryo viloyatiga, “EAST LINE TOUR” MChJga tegishli bo‘lgan “YUTONG” rusumli davlat raqami belgisi 80 038 NAA bo‘lgan avtobus haydovchisi esa 45 nafar yo‘lovchini Buxoro viloyatiga yetkazib qo‘yish maqsadida to‘plab turganligi aniqlandi.

2020 yilning 17 aprel kuni esa soat taxminan 19:20 larda Toshkent-Nukus yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “YUTONG” rusumli, davlat raqami 10 351 TVA bo‘lgan avtobus Oqoltin tumani hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining 919 kilometrida joylashgan “Sardoba” YPX maskanida viloyat IIB YHXB hamda Transport vazirligining Sirdaryo va Toshkent viloyati Avtomobil tashuvlarini nazorat qilish boshqarmalari xodimlari bilan hamkorlikda to‘xtatilgan vaqtida avtobus salonida 51 nafar yo‘lovchi va 2 nafar haydovchi borligi aniqlandi.

2020 yil 18 aprel kuni esa Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan o‘tgan M–39 avtomobil yo‘lida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida “MIRONSHOX GRAND TRANS” MChJga tegishli “YUTONG” rusumli davlat raqam belgisi 01 314 VFA bo‘lgan avtobus haydovchisi yo‘lovchilarni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga olib ketayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Karantin tufayli o‘rnatilgan cheklov choralariga qaramasdan noqonuniy ravishda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish holatlari yuzasidan Transport vazirligi avtobil tashuvlari xavfsizligini nazorat qilish inspektorlari, IIV YHXB hamda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi xodimlar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilib, transport vositaliri jarima maydonchasiga, yo‘lovchilar esa karantinga olindi.

Shu o‘rinda Transport vazirligi yo‘lovchi tashish faolyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni karantin qoidalariga qat’iy amal qilishga, vaqtinchalik o‘rnatilgan cheklov choralarini to‘g‘ri baholagan holda noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etmaslikka chaqirib qoladi.