Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Jurnalist va blogerlar jamoat transportida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimining qanday ishlashi bilan tanishdi

Chop etish Sahifani ulashish
08.01.2020 6309 Yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, bugungi kunda Toshkent shahar jamoat transporti avtobus va metropoliten yo‘nalishlarida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini bosqichma-bosqich joriy etish ishlari olib borilmoqda.

Ayni damda “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobuslar elektron to‘lovlarni qabul qiluvchi mobil validatorlar bilan ta’minlandi hamda statsionar validatorlarni avtobus elektron tizimiga integratsiya qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, 3 yanvardan e’tiboran maxsus transport to‘lov kartalari sotuvga chiqarilgan bo‘lib, hozirgi kunga qadar 1000 dona kartalar yo‘lovchilar tomonidan xarid qilinib to‘lovlarni amalga oshirishda foydalanilmoqda.

Bugun Yagona umumrespublika protsessing markazida ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun jamoat transportida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini joriy etishning mohiyati, undan ko‘zlangan maqsad, kelgusidagi rejalar va ayni damda tizimni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha olib borilayotgani ishlar yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda jurnalist va blogerlar avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.

Shu kuni jurnalist va blogerlar shahar avtobusida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimining ishlash jarayonidan yaqindan tanishib, yagona transport kartalaridan shaxsan o‘zlari foydalanib ko‘rishdi.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati