Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Olot va Qorako‘l tumanlarida hayot iziga tushmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
06.05.2020 7146 Yangiliklar

Buxoro viloyatida kuzatilgan kuchli shamol oqibatlari jadallik bilan bartaraf etilmoqda. Xususan, Olot va Qorako‘l tumanlarida ko‘rilayotgan choralar natijasida hayot iziga tushmoqda.

Bugun qariyb 100 ming kishilik Olot tumanining har bir ko‘chasida ishlar qizg‘in ketmoqda. Shu kungacha tuman xonadonlariga 60 ming 109 dona shifer, 637,3 metr kub taxta, 7 ming 785 metr kvadrat profnastil, 3 ming 700 metr kvadrat oyna mahsulotlari olib kelinib, qurilish ketayotgan xonadonlarga tarqatildi.

Buxoro viloyati transport boshqarmasi tomonidan viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlari hamda Sirdaryo viloyatida yuz bergan tabiiy ofat natijasida zarar ko‘rgan aholiga qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlarini o‘z manzillariga yetkazib berish uchun yuk avtotransport vositalari yuborilmoqda.