Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Qirg'iz Respublikasiga gumanitar yordamning uchinchi partiyasi yetkazildi

Chop etish Sahifani ulashish
20.11.2020 4563 Yangiliklar

 

Qo'shni davlatda mobil shifoxona barpo etish uchun O'zbekistondan Qirg'iz Respublikasiga «O'zbekiston temir yo'llari» aksiyadorlik jamiyati ko'magida ixtisoslashtirilgan shifoxona konteynerlarining ikkinchi partiyasi yetkazib berildi.

200 o'ringa mo'ljallangan 40 ta shifoxona konteynerlar  ortilgan poyezd «Bishkek-1» temir yo'l stantsiyasiga yetib keldi. «O'zbekiston temir yo'llari» AJ boshqaruv raisi v.b. Xasilov X.N. boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasini Qirg'iz Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi vakili Shadixonov K.T. va "Qirg'iz temir joli" davlat korxonasi bosh direktori Dashkov V.A. kutib olishdi. 

Uchrashuv davomida «O'zbekiston temir yo'llari» AJ boshqaruvi raisi v.b. Xasilov X.N. hamda «Qirg'iz temir joli» davlat korxonasi bosh direktori Dashkov V.A. o'zaro hamkorlik va ikki davlat temir yo'llarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan birodar qirg'iz xalqini qo'llab-quvvatlash aksiya tadbiri doirasida bundan avval Qirg'iz Respublikasiga 3000 tonna bug'doy va ixtisoslashtirilgan shifoxonalarning bitta partiyasidan iborat gumanitar yuk yuborilgan  edi.