Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkent - Andijon - Toshkent: qo'shimcha yo'lovchi poyezdi qatnovi boshlandi

Chop etish Sahifani ulashish
27.05.2020 6405 Yangiliklar

2020 yil 26 may kuni dan boshlab Toshkent - Andijon - Toshkent yo'nalishida 62/61-sonli yo'lovchi poyezdi harakati qayta tiklandi.

Mazkur poyezd qatnovi Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan karantin davrida mahalliy yo'nalishlarda temir yo'l qatnovlarini yo'lga qo'yishning Vaqtinchalik tartibiga rioya qilgan holda amalga oshirilmoqda.

Yo'lovchilar chiptalarni elektron tarzda ham xarid qilishlari mumkin, faqat poyezdga chiqishdan oldin yo'l varag'ini to'ldirishlari va Vaqtinchalik o'rnatilgan tartibga hamda sanitariya gigiena qoidalariga qat'iy rioya qilishlari talab qilinadi.