Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkent metropoliteni: Bayram tuhfalari davom etmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
30.08.2020 5856 Yangiliklar

Xalqimiz hamisha ezgulikka, yaxshilikka intilib yashaydi. Shu bois ham yurtimizda yaxshi kunlar, bayramlar bisyor. Ushbu bayramlarning sultoni esa "Mustaqillik kuni"dir.

Har yili katta tantana va ko‘tarinki ruxda nishonlanadigan mustaqillik bayramiga ham sanoqli kunlar qoldi.

 

Albatta, ushbu bayramning qadr-qimmati biz uchun bebahodir. Chunki, bunda istiqlol,  deya jon fido etgan ajdodlarimizning ruxi xukmron.

 

Tilagimiz mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin. Uni asrab-avaylash, unga fido bo‘lish hamisha barchamizga nasib etsin.

 

Aziz yurtdoshlar, qadrli hamshaharlar!

To‘yga to‘yona bilan deganlaridek, "Toshkent metropoliteni" UK ham bayram kunlari yo‘lovchilar uchun munosib tuhfa hozirladi.

Jumladan, bayram kunlari, ya’ni 31 avgust hamda 1,2 sentyabr kunlari yurtdoshlarimiz jamoat transporti gultoji bo‘lgan metrodan bepul foydalanishlari mumkin. 

 

Aziz vatandosh!

Bu ulug‘ kunlar nashidasi hamisha yurtimiz va har bir xonadonda xukmron bo‘lsin. Vatan istiqlol va u bergan imkoniyatlar hech ham bizni tark etmasin. Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin.

 

 

O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati