Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkent shahrida harakatlanuvchi 40A-sonli avtobus yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritildi

Chop etish Sahifani ulashish
12.12.2019 5710 Yangiliklar

Aholidan kelib tushayotgan ko‘plab murojaatlarga asosan, yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, Toshkent shahar transport boshqarmasining 2019 yil 12 dekabdagi 96-sonli buyrug‘iga asosan 13 dekabr sanasidan e’tiboran 40A-sonli “Sergeli 12-mavzesi – Toshkent vokzali AShB” avtobus yo‘nalishining harakati Toshkent vokzali avtoshohbekatidan Turkiston – Oybek – Nukus – Avliyo ota ko‘chalari bo‘ylab, KHAY va Avliyo ota ko‘chalari kesishuvchi chorrahadan to‘g‘riga, keyingi harakatini o‘z yo‘nalishi bo‘yicha davom ettirgan holda tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati