Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Korrupsiyaga qarshi kurashish

 

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining korrupsiyaga
oid harakatlar to‘g‘risida axborot berish uchun aloqa kanallari orqali kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va qayta ishlash

REGLAMENTI

 1-bob. Umumiy qoidalar

1.Mazkur Reglament korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va tegishli ta’sir choralarini ko‘rishga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.

2. Mazkur Reglament korrupsiyaga oid harakatlar haqida axborot berish uchun aloqa kanallari ishlashining asosiy tamoyillarini, shuningdek, xabarlarni qabul qilish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish va kelib tushgan xabarlarga munosabat bildirish tartibini belgilaydiю

3. Mazkur Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

murojaatchi - korrupsiyaga oid harakatlar to‘grisida axborot berish uchun aloqa kanallari orqali Transport vazirligi tizimi tashkilot va korxonalariga murojaat qilayotgan har qanday jismoniy va (yoki) yuridik shaxs, jumladan, Transport vazirligi tizimi tashkilot va korxonalari xodimlari;

Call-center - Transport vazirligining “1167” ishonch telefoniga kelib tushayotgan murojaatlarni markazlashtirilgan holda qabul qilish, to‘plash, tasniflash va tizimlashtirish, shuningdek, ularni to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini monitoring qilish imkonini beruvchi tizim;

manfaatlar to‘qnashuvi - shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik Transport vazirligi tizimi tashkilot va korxonalari xodimining mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan Transport vazirligi tizimi tashkilot va korxonalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama- qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat;

korrupsiya - shaxsning o‘z mansab yoki Xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;

korrupsiyaga oid harakatlar - xodim tomonidan pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlab harakat yoki harakatsizligi uchun bevosita yoki bilvosita, shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali porani ya’ni pul, qimmatbaho qog‘ozlar, boshqa mol-mulkni, mulkiy tusdagi xizmatlarni, boshqa mulkiy hukuqlarni olish, talab qilnsh, taklif qilish, va’da qilish va berish, shuningdek, pora berish va (yoki) olishda vositachilik qilish, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun to‘lovlarni olish, xodim tomonidan pora olish yoki xuquqqa xilof boshqa maqsadlarda o‘z xizmat mavqeidan noqonuniy foydalanish;

korrupsiyaga oid huquqbuzarlik - korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;

korrupsiyaviy xavf-xatar - Transport vazirligi tizimi tashkilot va korxonalari xodimlari yoki uchinchi shaxslar tomonidan Transport vazirligi tizimi tashkilot va korxonalari nomidan va (yoki) ularning manfaatlarini ko‘zlab korrupsiyaviy xatti-harakatlarni sodir etish ehtimoli va xavfi;

xodimning shaxsiy manfaatdorligi - Transport vazirligi tizimi tashkilot va korxonalari xodimi tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida uning yaqin qarindoshi yoki xodimga aloqador bo‘lgan shaxslar tomonidan xodimning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari, moddiy yoki nomoddiy qimmatliklar, boshqa mol-mulk, boylik va imtiyozlar ko‘rinishida shaxsiy naf olish imkoniyati (shaxsiy, ijtimoiy, moliyaviy, siyosiy va boshqa tijorat yoki notijorat manfaatlari);

xodim - Transport vazirligi tizimi tashkilot va korxonalari bilan mehnat munosabatlariga kirishgan shaxs;

relevant xabar - korrupsiyaga oid harakatlar va (yoki) manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi axborotdan iborat bo‘lgan xabar.

4. Transport vazirligi korrupsiyaga oid harakatlar haqida axborot berish uchun aloqa kanallarining ishini quyidagi tamoyillar asosida tashkil etadi: fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish-Transport vazirligi jismoniy va yuridik shaxslarning xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tan oladi hamda himoya qiladi;

konfedensiallik va xavfsizlik - aloqa kanallaridagi xabarlardan foydalanishga ruxsat berilgan Transport vazirligi tizimi tashkilot va korxonalarining barcha vakolatli shaxslari ushbu xabarlarni vakolatga ega bo‘lmagan shaxslarga berish (oshkor qilish)ga haqli emas. Bunda, agar murojaatchi o‘z xabarining yuborganligi faktini boshqa xodimlarga yoki uchinchi shaxslarga o‘z xohishiga ko‘ra, jumladan, ehtiyotsizligi natijasida oshkor qilgan bo‘lsa, Transport vazirligi tizimi tashkilot va korxonalari uning maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi;

qonuniylik - Transport vazirligining aloqa kanallariga kelnb tushayotgan xabarlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish, qayta ishlash va ko‘rib chiqish qat’iy ravishda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq amalga oshiriladi;

kelib tushgan barcha xabarlarni o‘rganish - Transport vazirligi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollardan tashqari barcha olingan xabarlarni to‘liq (imkoni boricha), har tomonlama, xolis va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishiga kafolat beradi;

murojaatchining ta’qib qilinmasligi - aloqa kanallari orqali ehtimoli bo‘lgan huquqbuzarliklar haqida o‘z xohishiga ko‘ra xabar bergan Transport vazirligi tizimi tashkilot va korxonalarining xodimi xabarning mazmunndan qat’i nazar biron-bir javobgarlikka tortilishi mumkin emas;

murojaatchi bilan majburiy qayta aloqa - agar xabar anonim bo‘lmasa, uni ko‘rib chiqish natijalari Transport vazirligining vakolat berilgan xodimi tomonidan murojaatchiga yetkazilishi lozim;

ta’sir choralarini qo‘llashning majburiyligi - korrupdiya fakti tasdiqlangan taqdirda Transport vazirligi aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofnq harakat qiladi.

2-bob. Korrupsiyaga oid harakatlar haqida axborot berish uchun aloqa kanallari

5. Xabar quyidagi aloqa kanallari orqali yuborilishi mumkin:

6. Kelib tushgan barcha xabarlarni o‘rganish mazkur Reglamentda nazarda tutilgan hollardan tashqari qabul qilinishi, ro‘yxatdan o‘tkazilishi va ko‘rib chiqilishi lozim.

7.Korrupsiyaga oid harakatlar haqida xabar kelib tushganda aloqa kanallarida xabarlarni qabul qilayotgan Transport vazirligining vakolatli xodimi:

8. Transport vazirligi tizimi tashkilot va korxonalarining alohida ishonch tarmoq/telefonlari orqali kelib tushgan Transport vazirligi tizimidagi korrupsiyaga oid xabar qabul qilinganda, bunday xabarni qabul qilgan xodim uni bir kunlik muddatda Transport sohasida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi lozim. Bunday xabar haqidagi axborot Transport sohasida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining xodimi tomonidan 1-ilovaga muvofiq shaklda Korrupsiyaga oid harakatlar haqidagi xabarlarni qabul qilish reestrida bir soat ichida ro‘yxatga olinadi.

3-bob. Aloqa kanallari orqali kelib tushayotgan xabarlarni qabul qilish va ro‘yxatga olish

9. Korrupsiyaga oid harakatlar haqidagi xabarlarni qabul qilayotgan xodim murojaatchidan quyidagi ma’lumotlarni imkoni boricha aniqlashtirishi lozim:

Transport vazirligi tizimi tashkilot va korxonasi hamda uning tarkibiy tuzilmasi haqida;

huquqbuzarlik sodir etilgan, sodir etilayotgan yoki sodir etilishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik davr va uning muntazamligi (takrorlanuvchi, bir martalik);

huquqbuzarlikning qisqacha tavsifi (jumladan, ma’lumotlar, aniq muhim faktlar va holatlar, ahamiyatga molik o‘xshashliklar, ehtimoli bo‘lgan sabablar);

gumonlanuvchi va (yoki) daxldor bo‘lgan shaxslarning lavozimi va F.I.O.;

huquqbuzarlik haqida bilishi va uni tasdiqlashi va (yoki) xabar qilinayotgan axborotni to‘ldirishi mumkin bo‘lgan Transport vazirligi tizimi tashkilot va korxonalari xodimlarining lavozimi va F.I.O.;

murojaatchining F.I.O. va aloqa ma’lumotlari (o‘zi istaganda qayta aloqaga chiqish uchun).

4-bob. “Call-center” orqali kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ro‘yxatga olish

10. “Call-center”ning “1167” raqami orqali kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va qayta ishlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining buyrug‘i bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

11. Agar “Call-center” orqali murojaat qilgan shaxs o‘z xabarini tasdiqlash uchun qo‘shimcha materillarga, masalan, fotomateriallar, hujjatlar, audio va videoyozuvlarga ega bo‘lsa, unda operator ularni taqdim etish bo‘yicha foydalaniladigan aloqa kanallari (@MintransAntikor_bot Telegram-kanali yoki info@mintrans.uz elektron pochta)ni ko‘rsatadi va taqdim etilayotgan axborotning konfidensialligini bildiradi.

12. Agar xabar relevant bo‘lsa, operator «mf.ijro.uz» tizimida murojaatning tegishli toifasini ko‘rsatadi va kelib tushgan murojaatni tezkorlik bilan tahlil qilish va ko‘rib chiqish uchun ijrochi sifatida Transport sohasida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limini tanlaydi.

13. Transport sohasida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining xodimi “mf.ijro.uz” tizimida vazifa olganidan keyin bir soat ichida xabarni Reestrda ro‘yxatga olishi kerak.

5-bob. Telegram kanali orqali olingan xabarlarni qabul qilish va ro‘yxatga olish

14. Xabar qaysi Transport vazirligi tizimi tashkilot va korxonasiga tegishli bo‘lishidan qat’i nazar, @MintransAntikor_bot Telegram-kanali korrupsiyaga oid harakatlar haqida axborot berish uchun umumiy aloqa kanali bo‘lib hisoblanadi.

15. Transport vazirligining Telegram kanali orqali kelib tushayotgan xabarlarni qabul qilish uchun Transport sohasida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limidan mas’ul xodim tayinlanadi. Mas’ul xodim kelib tushayotgan xabarlarni dushanbadan jumagacha soat 09:00dan 18:00ga qadar qabul qiladi. Agar xabar ish vaqtidan tashqari paytda kelib tushsa, bu xabar navbatdagi ish kunida mas’ul xodim tomonidan ro‘yxatga olinishi uchun saqlanadi.

16. Agar murojaatchi o‘z xabarlarini tasdiqlovchi hujjatlar (audio va videoyozuvlar, fotosuratlar va boshqalar)ga ega bo‘lsa, ularni Telegram dagi xabariga qo‘shib qo‘yishi mumkin.

17. @MintransAntikor_bot Telegram-kanali korrupsiyaga qarshi kurashish kanaliga Transport vazirligi tizimi tashkilot va korxonalari xodimlari tomonidan korrupsiyaga oid xatti-harakatlar to‘g‘risidagi xabar kelib tushganda Transport vazirliga tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining mas’ul xodimi murojaatchi bilan elektron yozishma yo‘li bilan yoki telefonda bir soat ichida zarur axborotni aniqlashtiradi va xabarni Reestrda ro‘yxatga oladi.

6-bob. Shaxsiy (og‘zaki) tartibda olingan xabarlarni qabul qilish va ro‘yxatga olish

18. Murojaatchilarning korrupsiyaga oid harakatlar haqida ma’lumotdan iborat bo‘lgan xabarlari Transport vazirligi tizimi tashkilot va korxonalari xodimlari tomonidan shaxsan (og‘zaki) qabul qilinishi mumkin.

19. Relevant xabar kelib tushganda xabarlarni qabul qilayotgan xodim uni qabul qilishi va bir soat ichida xizmat xatini tayyorlashi hamda unda quyidagilarni ko‘rsatishi lozim:

20. Xizmat xati elektron pochta orqali Transport sohasida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga yuborilishi lozim.

21. Ko‘rsatilgan aloqaga chiqishga oid ma’lumotlar bo‘yicha murojaatchi bilan takroran muloqot qilish choralarini ko‘rishi kerak.

22. Transport sohasida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining xodimi xabarni qabul qilib olgan xodimdan xabarni olganidan keyin bir soat ichida uni Reestrda ro‘yxatga olishi lozim.

7-bob. Vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan shakl va elektron pochta orqali olingan murojaatlarni qabul qilish va ro‘yxatga olish

23. Vazirlikning  rasmiy veb saytiga joylashtirilgan shakl va info@mintrans.uz elektron pochtasi orqali kelib tushayotgan relevant xabarlarni qabul qilish Transport vazirligining Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.

24. Vazirlikning  rasmiy        veb-saytiga joylashtirilgan      shakl va info@mintrans.uz elektron pochtasi orqali relevant xabar kelib tushganda Murojaatlar bilan ishlash bo‘limining mas’ul xodimi bir soat ichida uni Transport sohasida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga o‘tkazib yuborishi kerak.

25. Transport sohasida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining xodimi Transport vazirligining Murojaatlar bilan ishlash bo‘limidan xabarni olganidan keyin uni Reestrda ro‘yxatga olishi lozim.

8-bob. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali olingan murojaatlarni qabul qilish va ro‘yxatga olish

26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning Virtual qabulxonasi orqali relevant xabar kelib tushganda Transport vazirligining Tashkiliy-nazorat va taxdil boshqarmasi mas’ul xodimi olingan ma’lumotlarni “mf.ijro.uz” tizimiga ro‘yxatga olish uchun kiritadi.

27. Agar xabar relevant bo‘lsa, operator 30 daqiqa ichida “mf.ijro.uz” tizimida murojaatning tegishli toifasini ko‘rsatadi va ijrochi sifatida Transport sohasida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limini belgilaydi.

28. Transport sohasida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining xodimi “mf.ijro.uz” tizimida topshiriq olganidan so‘ng xabarni mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq shakldagi Korrupsiyaga qarshi harakatlar haqidagi xabarlarni qabul qilish reestrda ro‘yxatga olishi lozim.

9-bob. Transport vazirligi xodimlari va devonxonaning telefoni orqali kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ro‘yxatga olish

29. Murojaatchilarning korrupsiyaga oid harakatlar haqidagi xabarlari Transport vazirligi xodimlari tomonidan ish telefoni, shuningdek, devonxonaning telefoni orqali ham qabul qilinishi mumkin.

30. Transport vazirligi xodimi yoki devonxonaga qo‘ng‘iroq qilinganda xodim murojaatchining xabarini qabul qilishi va undan quyidagi ma’lumotlarni olishi kerak:

31. Transport vazirligi xodimi xabarni qabul qilib olgan paytdan boshlab 30 daqiqa ichida mazkur Reglamentning 30-bandida sanab o‘tilgan ma’lumotlarni ko‘rsatib xizmat xatini tayyorlaydi va olingan ma’lumotni Transport sohasida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga o‘tkazadi.

32. Agar xabarda zarur axborot to‘liq bo‘lmasa, Transport sohasida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining mas’ul xodimi bir soat ichida bog‘lanish uchun ko‘rsatilgan ma’lumotlar bo‘yicha murojaatchi bilan takroran muloqot qilish choralarini ko‘rishi kerak.

33. Transport sohasida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining xodimi xabarni qabul qilib olgan xodimdan xabarni olganidan keyin bir soat ichida uni Reestrda ro‘yxatga olishi lozim.

10-bob. Xodimning rahbariga kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ro‘yxatga olish

34. Transport vazirligi tizimi tashkilot va korxonalari xodimlarining o‘zlariga ma’lum bo‘lgan korrupsiyaga oid harakatlari haqida o‘zining bevosita rahbariga yoki Transport sohasida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga xabar berishlari mumkin.

35. Uziga bo‘ysunuvchi xodimdan relevant xabarni olgan Transport vazirligi tarkibiy bo‘linmasi rahbari xizmat xatini tayyorlashi va unda quyidagilarni ko‘rsatishi shart:

36. Relevant xabarni qabul qilib olgan Transport vazirligi tarkibiy bo‘linmasi rahbari bir ish kuni ichida olingan ma’lumotni elektron pochta orqali Transport sohasida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga yuboradi.

37. Agar xabarda zarur axborot to‘liq bo‘lmasa, Transport sohasida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining mas’ul xodimi bir soat ichida ko‘rsatilgan aloqaga chiqishga oid ma’lumotlar bo‘yicha murojaatchi bilan takroran muloqot qilish choralarini ko‘rishi kerak.

38. Transport sohasida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining xodimi xabarni qabul qilib olgan xodimdan xabarni olganidan keyin bir soat ichida uni Reestrda ro‘yxatga olishi lozim.

11-bob. Korrupsiyaga oid harakatlar haqidagi xabarlarni ko‘rib chiqish

39. Transport sohasida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga kelib tushgan barcha xabarlar ushbu bo‘limning xodimlari tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak.

40. Xabar kelib tushganda Transport sohasida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimi uning relevantliligini tahlil qiladi, ya’ni xabarda ko‘rsatilgan ma’lumot korrupsiyaga oid huquqbuzarlikka va (yoki) manfaatlar to‘qnashuviga tegishliligini tekshiradi.

41. Mazkur Reglamentning 40-bandida nazarda tutilgan xabarni taxlil qilish natijalaridan qat’iy nazar, bu haqdagi axborot Reestrga kiritiladi.

42. Agar Transport sohasida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimi xabar relevant emas degan xulosaga kelsa, bu xabar bir soat ichida Transport vazirligining mas’ul bo‘linmasiga o‘tkazilishi lozim.

43. Agar xabarda korrupsiyaga oid harakatlar va (yoki) manfaatlar to‘qnashuvi haqida ma’lumot bo‘lmasa hamda xizmat tekshiruvi o‘tkazish uchun yetarli asoslar bo‘lsa, Transport sohasida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimi ichki idoraviy hujjatda belgilangan tartibda xizmat tekshiruvi o‘tkazish tashabbusi bilan chiqadi.

44. Relevant xabarlarni mazmunan ko‘rib chiqish Transport vazirligiga kelib tushgan kundan e’tiboran 30 kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha xujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, Transport vazirining roziligi bilan uzaytirilishi mumkin.

Relevant xabarlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra o‘rganish natijalari va qo‘llanilgan ta’sir choralari ko‘rsatilgan javob xati tayyorlanadi va murojaat qilgan shaxsga yuboriladi (ko‘rsatilgan aloqa ma’lumotlari bo‘yicha yozma yoki elektron shaklda).

45. Murojaatga javob Transport sohasida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan tayyorlanadi.

45. Telegram kanal orqali kelib tushgan xabarga javob murojaatchiga elektron shaklda Telegram-kanal va (yoki) ko‘rsatilgan aloqa ma’lumotlari orqali yuboriladi.

12-bob. Hisobot

46. Transport sohasida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi doimiy asosda (har chorakda) ko‘rib chiqish uchun Transport vaziriga, Transport vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kengashi va Hay’atiga taqdim etiladigan korrupsiya masalalarida kelib tushgan xabarlar haqidagi hisobotlarni, shu jumladan, axborot berish kanallari, xabarlar turi, tasdiqlangan faktlar soni, ko‘rilgan choralar va h.k.ni shakllantiradi.

13-bob. Yakuniy qoidalar

47. Murojaatchilar va xodimlardan xabarlarni mazkur Reglamentga muvofiq qabul qiladigan Transport vazirligi tizimi tashkilot va korxonalarining xodimlari mazkur Reglament talablariga rioya etilishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladilar.

48. Mazkur Reglamentni buzganlik uchun javobgarlik choralari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Transport vazirligi tizimi tashkilot va korxonalarining ichki hujjatlarida belgilangan asoslar va tartibda qo‘llaniladi.