Quyidagilar vazirning asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Vazirlik faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan transport va yo‘l xo‘jaligi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks dasturlar va kompleks tadbirlarning ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Vazirlik, uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlar, maqsadli indikatorlar, sifatga va rivojlantirish dasturlarining samarali amalga oshirilishiga erishishni so‘zsiz ta’minlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi va Vazirlar Mahkamasi tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar bilan Vazirlik faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatining masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilishlarida ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini tashkil etish;
O‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Vazirlikning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, o‘rinbosarlarining va boshqa mansabdor shaxslarning Vazirlik faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik qilishda shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;
Vazirlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Vazirlik va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning ijrosi holatini nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida" 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son va "Davlat organlari tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy va hududiy bo‘linmalar, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyat yuritishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, Vazirlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Vazirlikka ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va ma’naviy-axloqiy sifatlari kafolatlanganligini ta’minlash;
Faoliyat sohasidagi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqish, ularning Vazirlar Mahkamasiga "Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida", "Qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Norma ijodkorlik faoliyatini takomillashtirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida" 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Reglamenti hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida kiritilishini tashkil etish, shuningdek, ularni Vazirlikda ishlab chiqish, Vazirlik rahbariyati huzurida himoya qilish, Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish va qayta ishlashda ishtirok etish;
"Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17- oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Vazirlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Reglamenti va Vazirlar Mahkamasi Reglamentida belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida kelishish (viza qo‘yish);
Vazirlikning Qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish faoliyatini "Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida", "Qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etish;
Vazirlik vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tegishli qarorlar qabul qilish;
Vazirlik rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida" 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son, "Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegasiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga to‘la muvofiq ravishda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlariga ajratiladigan mablag‘lardan oqilona foydalanishni ta’minlash;
O‘rinbosarlari hamda tarkibiy va hududiy bo‘linmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini doimiy tanqidiy tahlil qilish, Vazirlikning hay’at yig‘ilishlarida ularning shaxsiy hisobotlarini tinglash, muhokama yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
Vazirlik xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimida qolish-qolmaslik maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish yuzasidan tizimli choralarni amalga oshirish;
Vazirlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
"Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni sodir etishga imkon yaratuvchi omillarni aniqlash, tahlil qilish, sabab va sharoitlarini bartaraf etish;
Vazirlik hamda uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari ishini tashkil etishning ilg‘or shakllarini joriy etishni ta’minlash;
Transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish va ulardan foydalanish samaradorligi, sifatini, shu jumladan aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirishda "yagona darcha" prinsipini joriy etish hamda "Elektron hukumat to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish yo‘li bilan oshirish;
Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, shaxsiy qabullarni, shu jumladan "Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Qonunida hamda Vazirlikda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarda belgilangan muddatlarda va tartibda, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabullarini muntazam o‘tkazish yuzasidan samarali ishlarni tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, Vazirlik rahbarlari va xodimlarining ular faoliyatida faol ishtirok etishini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
Davlat siri va maxfiy ma’lumotlar toifasiga kiruvchi ma’lumotlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya etish;
Vazirlik markaziy apparati shtat jadvali va xarajatlar smetasini, shuningdek, Vazirlikning hududiy bo‘linmalari nizomlarini hamda idoraviy mansub tashkilotlar ustavlarini tasdiqlash;
Markaziy apparat xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishilgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri transport boshqarmalari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish to‘g‘risidagi taqdimnomalarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlash, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish choralarini ko‘rish;
O‘zbekiston Respublikasining imidji va transport brendini yaratish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni tatbiq etish borasida yagona siyosatni amalga oshirish;
Transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida xalqaro va hukumatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, xorijiy investisiyalar va grantlarni jalb etish bo‘yicha xalqaro tadbirlarda ishtirok etish.