Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vazirligining 2022-yil yakunlari bo'yicha amalga oshirgan ishlar natijalari to'g'risida ma'lumot

Transport vazirligi tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida 
HISOBOT

 

2022-yil yanvar-dekabr oylarida temir yo‘l, havo, avtomobil transportlarida jami yuk tashuvlari hajmi 1,34 mlrd tonna (o‘tgan-yilning mos davriga nisbatan 98,6 foiz), yuk aylanmasi 45,5 mlrd tonna/km.ni (103,5 foiz) tashkil etdi.

Barcha transportda yo‘lovchi tashish hajmi 6,17 mlrd yo‘lovchi (102,3 foiz), yo‘lovchi aylanmasi 144,7 mlrd yo‘lovchi/km.ni (105,6 foiz) tashkil etdi.

Jami xalqaro yuk tashuvlari hajmi (eksport, import va tranzit) – 53,6 mln tonnani yoki o‘tgan-yilning mos davriga nisbatan 108,2 foizni tashkil etdi.

Bunda, eksport yuklari – 15,4 mln tonna (o‘tgan-yilning mos davriga nisbatan 98,0 foiz), import – 26,0 mln tonna (108,6  foiz) va tranzit – 12,2  mln tonnani (123,2 foiz) tashkil etdi.

 

Avtomobil transporti sohasida

 

2022-yil yanvar-dekabr oylari yakuni bilan  hududlarda respublika bo‘yicha 827 ta yangi avtobus va mikroavtobuslar xarid qilindi. Xususan, 455 ta avtobus va 372 ta yangi mikroavtobuslar xarid qilinib yo‘lovchi tashish yo‘nalishlariga joylashtirildi.

Shuningdek, 2022-yilning yanvar-dekabr oylari yakunida Qoraqalpog‘iston Respublikasi 15 ta, Andijon 1 ta, Buxoro 5 ta, Jizzax 2 ta, Navoiy 5 ta, Namangan 10 ta, Samarqand 8 ta, Surxondaryo 1 ta, Sirdaryo 5 ta, Farg‘ona 4 ta  Xorazm 10 ta va  Toshkent viloyatlarida 12 ta, Toshkent shahrida 28 yangi ichki avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi. (Respublika bo‘yicha jami 106 ta avtobus va 80 ta yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari tashkil etildi)

Andijon viloyati Andijon shahrida 1 ta avtostansiya rekonstruksiya qilindi va Buloqboshi tumanida 1 ta avtostansiya qurildi, Buxoro viloyatining Olot va Buxoro tumanlarida 2 ta yangi zamonaviy oxirgi to‘xtash bekatlari qurildi, Jizzax viloyati Forish tumanida 1 ta avtostansiya qurildi, Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida 1 ta avtostansiya qurildi va Yangibozor tumanida 1 ta avtostansiya rekonstruksiya qilindi, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida 1 ta avtostansiya rekonstruksiya qilindi, Xorazm viloyati Urganch shahrida 1 ta avtostansiya rekonstruksiya qilindi hamda yo‘lovchilar uchun foydalanishga topshirildi. (Respublika bo‘yicha jami 9 ta avtostansiyada ishlar tashkillashtirildi)

Buxoro viloyatining Olot va Buxoro tumanlarida vazirlik tomonidan 2 ta yangi zamonaviy oxirgi to‘xtash bekatlari qurilib, yo‘lovchilar uchun foydalanishga topshirildi hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan qurilgan 5 ta avtostansiyalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, Respublika bo‘yicha jami 792 ta avtobus bekati qurildi va rekonstruksiya qilindi.

Aholiga jamoat transporti xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan  tashuvchilarning tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab -quvvatlash maqsadida 2022-yil yanvar-dekabr oylarida hududlarda norentabel bo‘lgan shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida ko‘rgan zararlari o‘rnini qoplash uchun mahalliy byudjet mablag‘laridan 8 330,4 mln so‘m subsidiya ajratildi hamda shahar yo‘nalishlarida fuqarolarning ayrim toifalarini bepul tashilishi natijasida ko‘rilgan zararlarni o‘rnini qoplash uchun 4 469,57 mln so‘m, shahar yo‘lovchi transportida cheklangan tariflar natijasida ko‘rilgan zarar bo‘yicha 2 763,6 mln so‘m mablag‘lar jami 7 233,17 mln so‘m subsidiyalar qoplab berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-noyabrdagi “Umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashishda yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 948-sonli qaroriga muvofiq, bugungi kunda “Avtomatlashtirilgan transport to‘lov tizimi operatori” MChJ (ATTO) tomonidan dastlab viloyat markazlaridagi GulistonQarshi, Urganch, Nukus, Samarqand, Andijon shaharlaridagi avtobus va mikroavtobuslariga 706 ta validator va 44 ta mobil validatorlar o‘rnatildi hamda avtomatlashtirilgan to‘lov tizimiga o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qaroriga muvofiq, tenderlar bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi. 2022-yil yakuniga qadar 730 ta yo‘nalishlar tashuvchilarga biriktirildi. Elektron tender yakunlari bo‘yicha QR kodli shartnomalar va guvohnomalar axborot tizim orqali tashuvchilarga taqdim etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–111-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi”ning 3-bandiga muvofiq Toshkent shahri tajribasi asosida viloyatlar markazlarini jamoat transporti tizimini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Transport vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi va Rossiya Federatsiyasining SIMETRA (“А+С Транспроект”) kompaniyasi tomonidan hamkorlikda Samarqand shahri transport tizimi va uning infratuzilmasini rivojlantirish modeli ishlab chiqildi. 

 

Xalqaro avtobus yo‘nalishlarini qayta tiklash to‘g‘risida

 

2022-yilning 12-aprel kunidan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishlari qayta tiklandi.

Bugungi kunda muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishlar orqali o‘rtacha 700 ga yaqin yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

Qirg‘iziston Respublikasi bo‘yicha:

15-apreldan “Toshkent - Bishkek” xalqaro avtobus yo‘nalishi qayta tiklandi. Hozirgi kunda har kuni 2 ta qatnov amalga oshirilmoqda va o‘rtacha 65 ta yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

1-iyundan “Toshkent – Cho‘lpon ota” mavsumiy xalqaro avtobus yo‘nalish tashkil etildi. Hozirda kuniga 1 ta qatnov amalga oshirilmoqda va o‘rtacha 42 ta yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

Tojikiston Respublikasi bo‘yicha:

“Toshkent - Xo‘jand” xalqaro avtobus yo‘nalishi qayta tiklandi. Hozirda har kuni 1 ta qatnov amalga oshirilmoqda va o‘rtacha 45 ta yo‘lovchi xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 2022-yilning 20-fevral kuni “Qo‘qon – Xo‘jand” va 3-iyun kuni “Yangiyer - Istaravshan” muntazam xalqaro yo‘nalishi ochildi hamda  bugungi kunda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

Rossiya Federatsiyasi bo‘yicha:

2022-yil 18-iyuldan “Toshkent - Moskva”, “Toshkent - Qozon, “Toshkent – Sankt Peterburg”“Toshkent - Novosibirsk” va “Toshkent - Нижний Новгород muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishlar qayta tiklandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 232-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha 2022-yil yanvar-dekabr oylarida hududlarda tashkil etilgan “turizm ko‘chalari”ni bog‘lovchi, tungi vaqtda harakatlanadigan jamoat transportini yo‘lga qo‘yish maqsadida 1 ta yangi yo‘nalish tashkil etildi va ishlab turgan 28 ta yo‘nalishlarning ish vaqti tungi vaqtlargacha uzaytirilib, ushbu ko‘chalarda tungi vaqtlarda jamoat transporti harakati yo‘lga qo‘yildi.

Aqchako‘l, Ashshiko‘l, Zikriko‘l, Aydarko‘l, Tuzkon ko‘li va To‘dako‘l hududlarini shahar va tuman bilan bog‘lovchi avtobus, shu jumladan “Shuttle bus”lar qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi, jumladan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi Aqchako‘l hududiga VX-524 “Bostan AS-Nukus AV” avtobus yo‘nalishi va Nukus shahridagi Ashshiko‘l hududiga 52-sonli “Yulduzcha bolalar dam olish maskani-Markaziy dehqon bozor” yo‘nalishli taksi yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi;

Jizzax viloyatida joylashgan Zomin, Forish, Baxmal tumanlari va “Aydar-Arnasoy” tizimidagi turistik zonalariga borishda mahalliy va xorijiy turistlarga viloyatdagi “A’lo Prestij Servis” MChJ, “Begali Trans Servis“ MChJ va “Oybek Super Trans“ MChJ larga tegishli avtobus, mikroavtobus va yo‘nalishsiz taksilar doimiy ravishda buyurtma asosida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, Aydarko‘l hududiga VX-500 “Arnasoy-Jizzax” yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi;

Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi Zikriko‘l hududiga ShYT-455 sonli  “Qorovulbozor-Nag‘oratepa” va ShYT-280 sonli “Qorako‘l-Sayyot” yo‘nalishlari hamda Kogon tumanidagi To‘dako‘l hududiga ShYT-261-sonli "Kogon bosh bekati-Yangi Hayot" yo‘nalishli taksi yo‘nalishi yo‘lga qo‘-yildi;

Buxoro viloyatiga tashrif buyuruvchi sayyohlarga tarixiy maskanlarni aylanib chiqish imkonini beradigan ikki qavatli turistik avtobuslarning qatnovini yo‘lga qo‘yish maqsadida tegishli tashkilotlar bilan yo‘nalish sxemasi ishlab chiqilib belgilangan tartibda kelishib olindi. Qatnovlar ikki qavatli zamonaviy avtobuslarda, "Ipak Yo‘li” MChJ jamiyatiga tegishli bo‘lgan turistik avtobusda amalga oshirilmoqda.

 

Daryo transporti sohasida

 

Hisobot davrida kemalarni ro‘yxatga qo‘yish va texnik ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida 117 ta kema egasi bilan shartnomalar tuzildi, 46 ta kema ro‘yxatga olindi7 ta kema qayta ro‘yxatga olindi, foydalanishda bo‘lgan 139 ta kema texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.

Kemalarga 53 ta Kema guvohnomasi, 60 ta Klassifikatsiya guvohnomasi, 60 ta suzishga yaroqli ekanligi to‘g‘risida guvohnomalar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-iyuldagi “Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
421-sonli qarori va Transport vazirligining 2020-yil 8-iyuldagi 138-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyatining kema haydovchisi kursini tugatgan 57 kishi attestatsiyadan o‘tkazilib, ularga kema boshqarish huquqini beruvchi kema haydovchisi guvohnomalari berildi.

Shuningdek, daryo transportida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2022-yil 7-aprelda 167-son qarori bilan “Daryo transportida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” tasdiqlandi.

 

Temir yo‘l transporti sohasida

 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ, “

Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ bilan birgalikda “Yo‘lovchi vagonlarini rekonstruksiya (rejaviy ta’mir, modernizatsiya) qilish bo‘yicha 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan amaliy chora-tadbirlar dasturi” ishlab chiqildi hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoniga asosan temir yo‘l orqali keladigan tovarlar bo‘yicha ma’lumotlarni oldindan elektron almashish tizimi to‘liq yo‘lga qo‘yildi.

Davlat Bojxona qo‘mitasiga temir yo‘l transportida tashilayotgan tovarlarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish jarayonida ortish-tushirish xarajatlarini bevosita yuk jo‘natuvchilar (yuk qabul qiluvchilar) tomonidan to‘lash mexanizmini joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlanib, o‘rnatilgan tartibda taqdim etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti rahbarining topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahridagi metropoliten еr usti liniyasining Do‘stlik – Qo‘yliq va Olmazor – Sergeli yo‘nalishlarida joylashgan 19 ta bekatni nomlash, tashkiliy masalalarni muhokama qilish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi tashkillashtirildi, metro bekatlarini nomlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlandi hamda qaytadan Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” va “Termiz – Mozori-Sharif – Qobul – Peshovar” temir yo‘lini qurish loyihalari doirasida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda ishtirok etildi.

“Mozori-Sharif – Qobul – Peshovar” temir yo‘li qurilishi loyihasining ortofotorejasi va relefning raqamli modelini yaratish va moliyalashtirish manbaini aniqlash bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirildi.

Toshkent metropolitenining Toshkent shahrida yеr usti metro yo‘lining II bosqich “Qo‘yliq – Qipchoq (Quruvchi)” qismida qurilish ishlari holatini monitoringi olib borildi.

2022-yil yanvar-dekabr oylarida jami 80 ta (10 tasi kamchiliklarni bartaraf etib qaytadan kiritgan) temir yo‘l shoxobcha yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishish uchun arizalar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 78 tasi o‘rnatilgan tartibda kelishildi hamda 2 tasiga O‘zbekiston Respublikasi “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”dagi O‘RQ-701-son Qonuni talablari buzilganligi sababli rad javobi berildi.

Shuningdek, Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha 2022-yil yanvar-dekabr oylarida jami 15 ta mahalliy yo‘nalishlarda yuklarni tashish huquqini beruvchi litsenziyalar olish uchun arizalar kelib tushdi, arizalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha 12 ta tadbirkorlik subyektlariga litsenziyalar taqdim etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 21-fevraldagi 80-son 2022-yil 1-martdan va “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarorlariga muvofiq, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali “Litsenziya” axborot tizimi orqali qabul qilinmoqda.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga quyidagi onlayn xizmatlar elektron shaklda amalga oshirilmoqda.

Jumladan,

– elektron chiptalarini onlayn tarzda sotib olish va 100 foiz mablag‘i plastik kartaga qaytarish;

– yo‘lovchi poyezdlar qatnovlarini onlayn jadvalida kuzatish;

– “Afrosiyob” poyezdlarida intranet xizmatlaridan foydalanish;

– yuk tashish jarayonida tadbirkorlar tomonidan yuk vagonlariga onlayn buyurtma berish;

– yuk tashish tariflarini onlayn tarzda hisoblash;

– vagon va konteynerlarni qidirish va hokazolar.

Yo‘lovchilarni tashish, ularga zamonaviy servis xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan raqamlashtirish yo‘nalishida qator va samarali ishlar ham amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Elektron chiptalarni sotish axborot tizimining yangi talqini va mobil ilovalari ishga tushirildi. Hozirgi kunda elektron chiptalar ulushi 30 foizdan oshdi. Bundan tashqari mazkur tizim 4 ta milliy to‘lov tizimlariga hamda Master Card, Visa, PayPal va boshqa xalqaro elektron pul to‘lash tizimlari bilan integratsiya qilindi.

Xususan, yuk egalari uchun loyiha quyidagi onlayn imkoniyatlarni taqdim etadi:

– transport hujjatlarining va yukning bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish;

– mintaqaviy temir yo‘l uzellari hamda “ТехПД”lar bilan kerakli shartnoma va bitimlarni onlayn tarzda elektron raqamli imzo orqali imzolash;

– yuklarni temir yo‘l transporti orqali tashish uchun yuk to‘lovlarini va qo‘shimcha yig‘imlar hisoblash;

– tashish va qo‘shimcha yig‘imlar uchun to‘lovlarni o‘tkazish.

“Qozog‘iston temir joli” AJ bilan jahon standartidagi UN EDIFACT shaklidagi elektron yuk xati orqali almashishga kelishildi, hamda bu borada axborot tizimiga kerakli qo‘shimcha modullar ishlab chiqilib, hozirgi kunda test tariqasida amalga oshirilmoqda.

“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida 2020-2023-yillarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJni raqamli transformatsiya qilish to‘g‘risida 14 ta loyiha bajarib kelinmoqda. Bugungi kunda 14 ta loyihadan 13 tasi to‘liq bajarilgan, 1 tasi bajarilish jarayonida.

 

Havo transporti sohasida

 

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi bilan xorijiy davlatlar o‘rtasida havo qatnovi sohasida davlatlararo va hukumatlararo xarakterdagi 52 ta xalqaro shartnomalar imzolangan.

Xorijiy davlatlar bilan muntazam yo‘lovchi aviaqatnovlarini bosqichma-bosqich tiklash bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda O‘zbekiston AQSh, Buyuk Britaniya,  Germaniya, Misr, Hindiston, Gruziya, Tojikiston, Afg‘oniston, Eron, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Latviya, Ozarbayjon, Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, BAA, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Ummon va Xitoy davlatlari bilan muntazam havo qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.

Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatni inobatga olib xorijiy davlat aviatsiya ma’muriyatlari bilan muzokaralar olib borildi. Jumladan, Rossiya, Turkiya, BAA, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Quvayt, Eron, Ozarbayjon va Belarus davlatlari bilan muntazam aviaqatnovlar hajmi oshirilishiga erishildi.

2022-yil 16-martdan boshlab O‘zbekistonga kelayotgan fuqarolardan koronavirus infeksiyasiga PZR-testi manfiy bo‘lishi haqidagi majburiy talab O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan bekor qilindi.

“Flaynas” aviakompaniyasiga Jidda-Toshkent-Jidda yo‘nalishida muntazam parvozlarni haftasiga 8 ta qatnov bilan amalga oshirish bo‘yicha tegishli ruxsatnomalar berildi. 2022-yil 15-sentabr kuni qayd etilgan yo‘nalishda birinchi qatnov amalga oshirildi;

“Flaynas” aviakompaniyasi havo kemalari uchun O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida yеr usti xizmatlari uchun chegirma berish masalasi ijobiy ko‘rib chiqildi hamda “Uzbekistan Airports” AJ bilan mazkur Saudiya Arabistoni aviakompaniyasi o‘rtasida tegishli shartnoma imzolandi.

Samarqand xalqaro aeroportini rivojlantirishda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Transport vazirligi xorijiy aviakompaniyalar uchun 2022-yil 1-oktabrdan boshlab Samarqand xalqaro aeroportida “Ochiq osmon” rejimi joriy etib, ushbu imtiyozlar to‘g‘risida xorijiy davlat aviatsiya ma’muriyatlari xabardor etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari J.Choriyev 2022-yil 3-oktabr kuni Vengriyaning tegishli idora va kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Vengriya o‘rtasida havo va avto transportida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan bir qatorda 2022-yil 30-sentabr kuni “Wizz Air” aviakompaniyasining Prezidenti Robert Keri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, qayd etib o‘tilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan “Wizz Air” aviakompaniyasi o‘rtasida hamkorlik yuzasidan Anglashuv memorandumi imzolandi.

2022-yil davomida yo‘lovchilar orasida talab ortishi munosabati bilan “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan Toshkent – Qozon – Toshkent va Toshkent – Novosibirsk – Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘-yildi.

Yo‘lovchilar uchun ichki aviaqatnovlarning jozibadorligi va ommabopligini oshirish maqsadida, “Uzbekistan Airways” AJ bilan birgalikda “Toshkent-Nukus-Mo‘ynoq” va “Mo‘ynoq-Nukus-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha 2022-yilning 26-mart kuni “Airbus – 320” havo kemasida birinchi aviaqatnov amalga oshirildi.

Shu bilan bir qatorda, “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan 2022-yil 12-sentabrdan “Toshkent – Nukus – Mo‘ynoq” hamda “Mo‘ynoq – Nukus – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga 2 marta muntazam aviaqatnovlar joriy etildi.

2021-yil 12-dekabrdan Farg‘ona-So‘x-Farg‘ona yo‘nalishida AN-2 havo kemasida haftasiga 2 marotaba (dushanba va juma kunlari) yo‘lovchilar tashish bo‘yicha yo‘lga aviaqatnovlar soni 2022-yil 7-martdan boshlab haftasiga 4 taga yеtkazildi (dushanba, chorshanba, juma va yakshanba).

2022-yil aprel oyida Turkiya Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi arafasida ikki mamlakat aviatsiya hukumat idoralari hozirgi kunda mavjud yo‘nalishlarda (Toshkent-Istanbul 14+3, Samarqand-Istanbul 3+1, Farg‘ona-Istanbul 2+1, Urganch-Istanbul 1+1) bo‘yicha qo‘shimcha qatnovlarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Shuningdek, 2022-yil 15-maydan boshlab ikki davlat tashuvchilari uchun haftasiga 2 marotaba yangi

 Buxoro-Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni amalga oshirishga kelishildi va “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan amalga oshirila boshlandi.

2022-yil 21-maydan boshlab “Uzbekistan Airways” AJ “Toshkent-Batumi-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga 2 marotaba muntazam avia qatnovlarni amalga oshira boshladi.

2022-yil boshidan Parijga/dan haftasiga 2 marotaba mavsumiy aviaqatnovlar tiklandi, bundan tashqari avia tashuvlar soni London va Rigaga/dan haftasiga 2 marotaba, Frankfurt va Nyu-Yorkka haftasiga 3 tagacha oshirildi.

2022-yil yanvar oyidan boshlab ziyorat turizmi dasturi doirasida pandemiya sababli uzoq davom etgan tanaffusdan so‘ng, “Uzbekistan Airways” AJ Musulmonlar idorasi bilan birgalikda “Umra-2022” dasturi doirasida Jidda va Madina shaharlarida O‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun kunlik reyslarni qayta tiklandi.

Jahon Banki ekspertlari bilan birga “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining biznes-modeli ishlab chiqildi va aholi mobilligini oshirish va aviachipta narxini pasaytirish maqsadida aviakompaniya gibrid biznes modeliga o‘tib, “Uzbekistan Express” yangi arzon transport xizmatlarini ishga tushirdi. Natijada tariflar boshqa yo‘nalishlarga nisbatan o‘rtacha 20 foizga arzonlashtirildi.

“Sharqiy Xab” dasturini amalga oshirish doirasida qo‘shni O‘sh shahri aeroportidan tez-tez uchuvchi Farg‘ona vodiysi aholisi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2022-yil fevralidan Namangan va Farg‘ona shaharlaridan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yildi:

 

Namangandan parvozlar yo‘nalishi

Farg‘onadan parvozlar yo‘nalishi

Moskva

Moskva

Samara

S.Peterburg

Omsk

Qozon

Orenburg

Novosibirsk

Yekaterinburg

Istanbul

Krasnodar

 

Perm

 

Irkutsk

 

Olmaota

 

 

Shuningdek, hozirda Farg‘ona-Sharja va Farg‘ona-Batumi yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlarni ochish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

2022-yil davomida aviaqatnovlarni amalga oshirish rejasiga asosan, Toshkentdan Praga va Batumi shaharlariga aviaqatnovlar amalga oshirilib kelmoqda.

Shuningdek, pandemiya davrigacha amalga oshirib kelgan o‘zining muntazam aviaqatnovlarni bosqichma-bosqich tiklab kelmoqda. Xususan shu qatorda, Toshkent-Kuala-Lumpur-Toshkent muntazam aviaqatnovlarini tiklash hamda tashkillashtirish maqsadida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirmoqda. Shu asosida, muntazam aviaqatnovlar 2022-yilning 2-noyabridan Toshkent-Kuala-Lumpur-Toshkent yo‘nalishida haftasiga ikki marotaba, ya’ni chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi mahalliy yo‘nalishlarida “Uzbekistan Airways”“Qanot Sharq” hamda “Humo Air” aviakompaniyalari tomonidan muntazam aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda.

2022-yil yanvar – dekabr oylari yakuni bo‘yicha rezident aviakompaniyalari tomonidan 29 800 ta reyslar amalga oshirildi, o‘tgan 2021-yilning shu davriga nisbatan o‘sish 11 948 ta reys yoki 166,9 foizni tashkil etadi.

Shuningdek, jami 4 412,2 ming nafar yo‘lovchi tashilgan bo‘lib, bu o‘tgan 2021-yilning shu davriga nisbatan 2 230,9 ming nafar yo‘lovchiga yoki 2 barobarga ko‘p. Shulardan mahalliy yo‘nalishlarda shaharlararo amalga oshirilgan aviaqatnovlar soni 6 994 ta (o‘sish 179,5%) ni, tashilgan yo‘lovchilar soni 884,3 ming nafarni (o‘sish 184,1%) tashkil etadi.

Jumladan, 2022-yil yanvar-dekabr oylarida “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan 28 140 ta reys amalga oshirildi, bu 2021-yilning shu davriga nisbatan 158,7 foiz4 226,8 ming yo‘lovchi tashildi, bu 2021-yilga nisbatan 195,1 foizni tashkil etdi, shuningdek, 64,3 ming tonna yuk (pullik bagaj va pochta aloqasini hisobga olgan holda) tashildi, bu 2021-yilning shu davriga nisbatan 120,0 foizni tashkil etdi.

"Qanot sharq" aviakompaniyasi asosiy faoliyati bo‘yicha quyidagi ko‘rsatkichlarga erishdi:

2022-yil yanvar-dekabr oylarida aviakompaniya tomonidan jami 1 320 ta reys amalga oshirildi (2021-yilda 102 ta reys), shulardan uzoq xorij va MDH yo‘nalishlari bo‘yicha 1 175 ta reys va ichki yo‘nalishlarda 145 ta reys amalga oshirildi. Ushbu aviaqatnovlarda jami 182 ming yo‘lovchi tashildi, jumladan mahalliy yo‘nalishlarda 9,1 ming yo‘lovchi tashildi.

“Humo Air” aviakompaniyasi tomonidan 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida 340 ta reys amalga oshirildi va 3 397 ta yo‘lovchi tashildi.

Yanvar-dekabr oylari yakuni bo‘yicha rezident aviakompaniyalari tomonidan shaharlararo qatnovlarda aholi mobilligini oshirish maqsadida mahalliy borish-kelish aviaqatnovlar soni haftasiga 142 taga yеtkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-213-son Farmoniga muvofiq Transport vazirligi  hamda Moliya vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida istiqomat qilayotgan yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchilar, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun avia va temir yo‘l yo‘nalishlarida mazkur hududlardan/ga respublikamizning boshqa hududlariga/dan borish/kelish uchun qo‘llaniladigan maxsus tarif ishlab chiqildi va 2022-yil 15-sentabrdan amalga kiritildi.

Aeroportlar va infratuzilmalarni rivojlantirish, shuningdek 2022-yil yanvar-dekabr oylarida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-fevraldagi “Aviaspottingni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 43-son qarori tasdiqlandi.

Hozirgi kunda amaldagi “Ziyorat turizmi” dasturi doirasida yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xorijiy aviakompaniyalar havo kemalariga yеrda ko‘rsatiladigan xizmatlarning asosiy turlari uchun e’lon qilingan tariflarga 50 foizgacha chegirmalar joriy etilgan.

2022-yil 18-mart kuni Samarqand xalqaro aeroporti yangi aerodrom majmuasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yangi aeroport majmuasi, harakatlanish imkoniyati cheklangan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish talablari inobatga olingan holda, xalqaro standartlar asosida qurilgan. Terminal o‘z ichiga 29 ta ro‘yxatga olish joyi, 8 ta samolyot sahniga chiqish yo‘lagi, 4 ta teleskopik traplar, 10 ta pasport nazorati kabinasi va jo‘nab ketayotgan yo‘lovchilar uchun 6 ta E-gate, shuningdek, uchib kelgan yo‘lovchilar uchun 15 ta pasport nazorati punktlarini o‘z ichiga olgan.

Yangi terminal muntazam qatnovlar sonini haftasiga 40 tadan 120 tagacha, perronni modernizatsiya qilish esa, samolyot turargohlari uchun o‘rindiqlar sonini 24 tagacha oshirish imkonini berdi.

Aeroport yo‘nalishlar tarmog‘ini rivojlantirish rejasi 2030-yilgacha yo‘nalishlar sonini 30 tadan oshirish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-149-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini huquqiy, ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yo‘l xaritasi”ning ijrosini ta’minlash maqsadida Xalqaro aeroportlarning kutish zallarida maxsus joy ajratilib targ‘ibot materiallarini joylashtirish uchun burchaklar tashkil etildi.

2022-yil yanvar-dekabr oylarida “Uzbekistan Airports” AJ tomonidan mamlakatimiz aeroportlarida 32 144 ta reyslarga xizmat ko‘rsatilgan bo‘lib u 2021-yilga nisbatan 8991 ta reysga yoki 139 foizga, shuningdek, 7 894,4 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilgan bo‘lib, bu 2021-yilga nisbatan 2 480,3 ming yo‘lovchiga yoki 146 foizga ko‘pdir.

2022-yilda O‘zbekistonga 31 ta xorijiy aviakompaniya 69 ta yo‘nalish bo‘yicha muntazam parvozlarini amalga oshirdi.

2022-yilda quyidagi yangi xorijiy aviakompaniyalarga O‘zbekistonga muntazam parvozlar uchun tegishli ruxsatnomalar berildi:

Salam Air, Air Arabia Abu Dhabi, Wizz Air Abu Dhabi, Qeshm Air.

2022-yilda quyidagi yangi yo‘nalishlarda xorijiy aviakompaniyalarga parvozlar uchun ruxsatnomalar berildi:

Jidda-Toshkent, Dubay-Samarqand, Quvayt-Namangan, Dubay-Namangan, Sharja-Namangan, Maxachkala-Toshkent, Maxachkala-Urganch, Минералные Воды-Urganch, Baku-Samarqand, Baku-Urganch, Baku-Farg‘ona, Istanbul-Buxoro, Istanbul-Farg‘ona, Maskat-Toshkent, Maskat-Namangan, Abu Dabi-Toshkent va Abu Dabi-Samarqand.

2022-yilda Fly Dubai, Jazeera Airways, Azal, Aeroflot aviakompaniyalarining quyidagi yo‘nalishlarda muntazam parvozlari soni oshirildi:

Dubay-Toshkent - haftasiga 6 tadan 7 taga;

Dubay-Samarqand - haftasiga 2 tadan 7 taga;

Dubay-Namangan - haftasiga 2 tadan 4 taga;

Baku-Toshkent - haftasiga 3 tadan 5 taga;

Moskva-Toshkent - haftasiga 14 tadan 18 taga;

Moskva-Urganch - haftasiga 3 tadan 4 taga;

Moskva-Buxoro - haftasiga 4 tadan 5 taga.

2021-yil 9-iyunda Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qatar davlati Hukumati o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risida imzolangan bitimni kuchga kiritish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirildi va 2022-yilda tegishli Prezident qarori qabul qilindi.

Shuningdek, 2022-yil davomida VengriyaSaudiya ArabistoniMongoliyaBangladesh davlatlari ikki tomonlama hukumatlararo havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim loyihalari ishlab chiqildi hamda mazkur davlatlarning aviatsiya ma’muriyatlari bilan havo qatnovlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha  offlayn/onlayn tarzida muzokaralar o‘tkazilib tegishli hujjatlar imzolandi.

Xalqaro transport koridorlari, logistika va tranzitni rivojlantirish

 

2022-yil yanvar oyida Tojikiston Respublikasi transport vazirligi tashrifi doirasida tomonlar o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlari sohasida hamkorlikni muhokama qilish va rivojlantirish maqsadida o‘zbek-tojik qo‘shma Komissiyasi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining Eron Islom Respublikasiga 2022-yil 23-25-yanvar kunlari tashrifi munosabati bilan Chobahor portidan foydalangan holda xalqaro transport va tranzit koridorini yaratish bo‘yicha memorandum loyihasi ishlab chiqildi va Vazirlar Mahkamasining topshirig‘iga muvofiq Eron tomoniga yuborildi.

Davlat bojxona qo‘mitasining texnik mutaxassislari bilan birgalikda Davlat bojxona qo‘mitasi va Transport vazirligi axborot tizimlarining o‘zaro ta’sirining texnologik holatiga qo‘shimchalar ishlab chiqildi, unga muvofiq avtomatlashtirilgan ruxsat berish tizimining to‘liq ishlashi uchun Transport vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi o‘rtasida ma’lumotlar integratsiyasi va “e-Permit” tizimini formatining maketi ishlab chiqildi.

Termiz shahrida O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston davlatlari o‘rtasida uch tomonlama transport masalalari bo‘yicha ishchi uchrashuv tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri hamda Ozarbayjon Respublikasi Transport va raqamli rivojlantirish vaziri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati o‘rtasida xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi bitim imzolanishiga erishildi.

2022-yil avgust oyida “Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish maqsadida Qirg‘iziston hududida Xitoylik mutaxassislar tomonidan izlanish va o‘rganish ishlari boshlandi.

2022-yil 29-iyul – 8-avgust kunlari “Mozori-Sharif – Qobul - Peshovar” temir yo‘lini qurish loyihasi yo‘nalishi bo‘ylab Afg‘oniston hududida qo‘shma ekspeditsiya tashkil etildi.

2022-yil 15–16-sentabr kunlari Samarqand shahrida ShHT sammiti doirasida “Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoy o‘rtasida Memorandum imzolandi.

 

Metodologiya va normativ-huquqiy hujjatlar

 

Transport vazirligi tomonidan 2022-yil yanvar-dekabr davomida 64 ta normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi.   Shundan:

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari – 1 ta

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari – 16 ta

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari – 27 ta

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari – 8 ta

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar – 12 ta

 

Murojaatlar bilan ishlash

 

2022-yil yanvar-dekabr oylarida vazirlikka kelib tushgan murojaatlar soni 8326 tani tashkil etdi.

Bulardan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonasi – 6501 ta;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ishonch raqami orqali – 66 ta;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi – 35 ta;

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan vazirlikka kelib tushgan – 1418 ta va Transport vazirligining “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlar – 306 ta bo‘lib, barcha murojaatlar o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatga olinib ijroga yo‘naltirildi.