Jins bo‘yicha bevosita yoki bilvosita kamsitishga barham berish yuzasidan axborot faoliyati fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda doimiy asosda amalga oshirilganligi
Gender tushunchasi va uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, fuqarolarning gender xabardorligini oshirish, jins bo‘yicha bevosita yoki bilvosita kamsitishga barham berish maqsadida “USAID” huquqiy islohotlar dasturi bilan keng hamkorlik o‘rnatilgan. Ushbu dasturning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga (Gender tengligining huquqiy asoslari) vazirlik xodimlari, xususan xotin-qizlar a’zo bo‘lgan.
O‘zbekiston muftiysi Nuriddin Xoliqnazarov ishtirokida tashkil etilgan uchrashuv davomida farzandlarning diniy tarbiyasida qaysi manbalarga murojaat etish kerakligi, Islomda erkak va ayollarning huquqlari, gender tengligi yuzasidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi. Bunda, Qur’on, Hadislardan hikmatli so‘zlar, namunalar keltirilib, izohlar berildi.
Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha xodimlarning kasbiy darajasini oshirish choralari ko‘rilganligi
Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha tashkil etiladigan o‘quv kurslari, Osiyo Taraqqiyot Bankining seminarlarida, Genderga oid auditning huquqiy asoslari yuzasidan seminar va boshqa targ‘ibot tadbirlarida vazirlik xodimlari faol ishtirok etmoqda.
Jins bo‘yicha bevosita yoki bilvosita kamsitishning namoyon bo‘lish faktlarini bartaraf etish yuzasidan choralar ko‘rilganligi
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi 2023-2026-yillar uchun jamoa shartnomasi XII bobida ayollarning va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslarning mehnatini tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari hamda ularga beriladigan qo‘shimcha imtiyozlar va kafolatlar nazarda tutilgan bo‘lib, taraflar mehnat munosabatlari sohasida kamsitmaslik, huquq va imkoniyatlar tengligi, teng ahamiyatli mehnat uchun teng haq to‘lash prinsiplariga qat’iy rioya etishni o‘z zimmasiga olishi, taraflar ayollarning mehnat huquqlari va ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash borasida Xalqaro mehnat tashkilotining quyidagi Konvensiyalariga og‘ishmay rioya etishi belgilangan:
“Zo‘rlab ishlatish yoki majburiy mehnat to‘g‘risida”gi 29-sonli Konvensiya;
“Teng ahamiyatli mehnat uchun erkak va ayol mehnatkashlarga teng haq to‘lash to‘g‘risida”gi 100-sonli Konvensiya.
Vazirlikda xotin-qizlar va erkaklarning tengligini ta’minlash masalalari yuzasidan kadrlarning kasbiy tayyorgarligi tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
Mazkur yo‘nalishda tashkil etilayotgan seminar va treninglarda vazirlik xodimlari faol ishtiroki ta’minlanmoqda.
Vazirlik tomonidan xotin-qizlar va erkaklar kasbiy va oilaviy majburiyatlarni birga bajarishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shu jumladan ham onalarga, ham otalarga bola parvarishi uchun ta’til berish imkoniyatidan xodimlarning foydalanayotganligi to‘g‘risida statistik ma’lumotlar
Bola tug‘ilishi munosabati bilan ona ham, ota ham haq to‘lanadigan ta’til olish huquqi ta’minlangan. Bolani parvarishlash bo‘yicha ta’tilning davomiyligi ota-onaning ixtiyoriga ko‘ra ular o‘rtasida bo‘linishi mumkinligi munosabati bilan, ota-ona ta’tildan uni qismlarga bo‘lgan holda foydalanishi ta’minlangan.
Vazirlikda gender siyosati amalga oshirilishini ta’minlashga doir ko‘rilayotgan maxsus choralar, ularning maqsadi va natijasi
Transport vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan hamkorlikda “Toshkent – Kam uglerodli transportga investitsiyalar jalb etishni jadallashtirish” loyihasi amalga oshirilayotgan bo‘lib, unda gender masalalari bo‘yicha mutaxassis faoliyat yuritib kelmoqda. Mutaxassisning vazifalari Gender-inklyuziv va past uglerodli elektr mobillik hamda yashil shahar transport yo‘lagini (YASHTY) targ‘ib qilish bo‘yicha institutsional asos yaratishda va strategiyani qabul qilishda Hukumatga ko‘maklashishga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, YASHTY tashkil etish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asosni ishlab chiqishda gender jihatlari va aholining zaif qatlamlarining ehtiyojlari hisobga olinishini taʼminlash, loyihani amalga oshirishda ijtimoiy va gender tadbirlarini amalga oshirish va boshq.
Vazirlik tomonidan mehnat bozorida xotin-qizlar va erkaklarning tengligini ilgari surish, ishga joylashtirish uchun o‘qitish hamda sharoitlar yaratish yuzasidan xususiy sektor bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yilganligi, uni yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
Toshkent davlat transport universitetida bo‘lib o‘tgan "Logistika sohasida ayollar" nomli davra suhbatida Transport vazirligi, universitet va logistika kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik memorandum imzoladi.
Tashkilot tomonidan gender tenglik bo‘yicha o‘tkazilgan mahalliy va xalqaro anjumanlar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Malika Qodirxonova, Transport vaziri o‘rinbosari, Transport vazirligi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mas’ul xodimlari hamda jurnalistlar ishtirokida “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilish sabablari, jumladan ularga zamin yaratadigan omillarni aniqlash va bartaraf etish” mavzusiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj va og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlar va erkaklarni qo‘llab-quvvatlash
Vazirlik tomonidan moddiy yordam ko‘rsatish, to‘lov shartnomasi asosida o‘qish uchun to‘lovlarni amalga oshirish, nogironlik va surunkali kasallik bilan ro‘yxatda turuvchi shaxslar uchun dori darmon xarid qilish, holidan xabar olish kabi xayriya tadbirlari olib borilmoqda.
Jamoa shartnomalari va kelishuvlarida, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish choralarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlarining ta’minlanganlik, ish joyida hamda uyda tazyiq va zo‘ravonlik taqiqlanganligi qoidalari aks ettirilganligi
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi 2023-2026-yillar uchun jamoa shartnomasi XII bobida ayollarning va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslarning mehnatini tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari hamda ularga beriladigan qo‘shimcha imtiyozlar va kafolatlar nazarda tutilgan bo‘lib, taraflar mehnat munosabatlari sohasida kamsitmaslik, huquq va imkoniyatlar tengligi, teng ahamiyatli mehnat uchun teng haq to‘lash prinsiplariga qat’iy rioya etishni o‘z zimmasiga olishi, taraflar ayollarning mehnat huquqlari va ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash borasida Xalqaro mehnat tashkilotining quyidagi Konvensiyalariga og‘ishmay rioya etishi belgilangan:
“Zo‘rlab ishlatish yoki majburiy mehnat to‘g‘risida”gi 29-sonli Konvensiya;
“Teng ahamiyatli mehnat uchun erkak va ayol mehnatkashlarga teng haq to‘lash to‘g‘risida”gi 100-sonli Konvensiya.