Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vazirligi rasmiy veb-saytiga joylashtirish majburiy bo‘lgan axborotlar ro‘yxati

    Transport vazirligining rasmiy veb-saytlariga quyidagi axborotlar joylashtiriladi:

 

  1. Transport vazirligining huquqiy maqomini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar;
  1. Transport vazirligi faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek ularning ijro etilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  1. Transport vazirligi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy, normativ va boshqa hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish,  shuningdek ushbu hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  1. Transport vazirligi tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  1. Transport vazirligi tomonidan davlat dasturlari hamda boshqa dasturlar amalga oshirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  1. Transport vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, kengashlar,  uchrashuvlar,  matbuot konferensiyalari,  brifinglar,  seminarlar,  davra suhbatlari va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  1. Transport vazirligining davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar,  shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  1. Amalga oshirilishida Transport vazirligi ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  1. Transport vazirligi faoliyati sohasiga taalluqli bo‘lgan tarmoqning (hududning) holatini va uning rivojlanish sur’atini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar haqidagi, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  1. Transport vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan (tashkil etiladigan) ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  1. Bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari va bo‘sh ish o‘rinlarini egallash uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  1. Transport vazirligi tomonidan tuzilgan muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  1. Transport vazirligining ochiq hay’at majlislarini o‘tkazish rejalari, shu jumladan majlislarning kun tartibi loyihalari,  ular o‘tkaziladigan sana,  joy va vaqt,  majlislarda hozir bo‘lish tartibi;
  1. Transport vazirligining rahbarlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma tarzidagi axborot (fuqarolarni qabul qilish kunlari va hokazo) ;
  1. Transport vazirligining ish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar,  ularning telefon raqamlari hamda pochta manzillari,  elektron pochta manzillari,  ma’lumot xizmati va ishonch telefonlarining raqamlari,  jamoat transportining qatnov yo‘llari,  to‘xtash joylarining nomlari va yo‘nalish raqamlari;
  1. Transport vazirligining rahbarlari, shuningdek ushbu organlar tomonidan vakolat berilgan mansabdor shaxslar chiqishlarining hamda bayonotlarining matnlari;
  1. Transport vazirligi huzurida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi axborot;
  1. Transport vazirligi tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarining ro‘yxati;
  1. Transport vazirligi faoliyati to‘g‘risidagi tahliliy ma’ruzalar hamda axborot tusidagi sharhlar;
  1. Ariza, taklif va shikoyatlarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida axborot;
  1. Transport vazirligining faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir so‘rovlarni qabul qilish tartibi haqidagi axborot;
  1. Kelib tushgan ariza, taklif va shikoyatlarni,  shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir so‘rovlarni ko‘rib chiqishning umumiy natijalari haqidagi axborot.

   Transport vazirligining faoliyati to‘g‘risidagi axborot jumlasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin.