Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi tomonidan Elektron hukumat doirasida turli xil loyihar amalgi oshirilmoqda. Bularga misol tariqasida quyidagilarni keltirib o'tishimiz mumkin.
-Tezkor xizmatlar tizimlari bilan integrallashgan onlayn rejimida umumiy foydalanishdagi yo'lovchilar tashishlarini amalga oshirishni monitoring qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish;
-Toshkent shahri, Nukus va viloyat markazlarida umumiy foydalanishdagi yo'lovchilar tashish transportida yo'l haqini yagona avtomatlashtirilgan to'lash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;
-Avtovokzallar va avtostansiyalar hamda yo'lovchilar ko'p yig'iladigan bekatlarda avtobus harakati jadvalini masofadan kuzatish uchun mo'ljallangan elektron tablo tizimlarini joriy etish;
-Avtomobil transportida yo'lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo'nalishlar bo'yicha tashish faoliyatini litsenziyalashni elektron shaklga o'tkazish;
-Shahar transporti yo'lovchilari uchun tegishli yo'nalishlardagi transport vositalarining joylashuvini kuzatish va optimal yo'nalishni tanlash imkoniyatiga ega funksiyasi mavjud bo'lgan mobil dasturlarni ishlab chiqish;
-Avtomobil transportida yuklarni tashish xizmatini buyurtma qilish uchun mobil ilovalarni yaratish;
-Xalqaro va shaharlararo yo'lovchi tashuvchi avtotransportlarda yo'l haqini to'lash uchun foydalaniladigan hujjatlarni buyurtma va bron qilish elektron tizimlarini joriy qilish;
-Xalqaro avtomobil tashishlari uchun xorijiy davlatlar ruxsatnomalari blanklarini foydalanish hisobi va nazorati bo'yicha avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy qilish;
-Transport xizmatlarining yagona interaktiv axborot portalini shakllantirish;
-Yo'lovchi tashish yo'nalishlarini joylashtirish bo'yicha ochiq tenderlarni elektron tizim orqali amalga oshirish tizimini ishlab chiqish;
-Transport sohasida kadrlar malakasini oshirish bo'yicha masofaviy o'quv kurslarini tashskil etish va boshqa turli xizmatlar;
Transport Vazirligi tomonidan hozirgi kunda Transport sohasida Raqamli texnologiyalarni joriy etish bo'yicha jadal ishlar amalga oshirilmoqda.