Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Aviatsiya hodisalari va insidentlarini tekshirish boshqarmasi

Boshqarma vazirlik nomidan aviatsiya hodisalarini tekshirish bo‘yicha vakolatli organ vazifalarini bajaradi va tekshiruv o‘tkazishda mustaqil hisoblanadi.

 

Aviatsiya hodisalari va insidentlari bo‘yicha tekshiruvi o‘tkazishning yagona maqsadi kelajakda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan aviatsiya hodisalarining oldini olishdan iboratdir.

 

Me'yoriy hujjatlar:

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HAVO KODEKSI

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO AVIATSIYASI HAVO KEMALARI PARVOZLARINING XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH DAVLAT DASTURINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA

 

FUQARO HAVO KEMALARI BILAN SODIR BO'LGAN AVIATSIYA HODISALARINI O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TEKSHIRISH QOIDALARINI TASDIQLASH TO'G'RISIDA

 

Ixtiyoriy xabar berish xizmati tartibi

 

Bizga xabar bering:

 

 

Ixtiyoriy xabarlar shaxsiy yoki maxfiy bo‘lishi mumkin. Hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ixtiyoriy ravishda taqdim etish tizimi jazoni qo‘llashga yo‘naltirilmagan va axborot manbalari himoyasini kafolatlaydi.

 

Ixtiyoriy xabar berishda jazodan voz kechish hodisalar va xavfli omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ixtiyoriy ravishda taqdim etish tizimining asosiy printsipidir.

 

Barcha holatlarda, agar xabarlar ishonchli bo‘lsa va parvozlar xavfsizligiga ta’sir qilgan yoki ta’sir qilgan voqealar to‘g‘risida ma’lumot bo‘lsa, ular belgilangan tartibda tekshiriladi.

 

Ixtiyoriy xabar quyidagi kanallar orqali berilishi mumkin:

 

Tel/faks (998 71) 120-00-65;

Mob. (998 99) 112-31-13;

E-mail:investigation.avia@mintrans.uz;

Pochta manzili: 100128, Toshkent sh, Zulfiyaxonim ko‘chasi, 3-uy.