Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vazirligi faoliyatiga oid hisobot (2023-yil)

Transport vazirligi faoliyatiga oid hisobot

 

Transport vazirligi tomonidan 2023-yil yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot

 

2023-yilning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimiz transport sohasida ijobiy o‘sish dinamikasi saqlanib qolindi.

Jumladan:

108 trln 477 mlrd so‘m transport xizmatlari ko‘rsatildi (2022-yilga nisbatan 108,0 foiz).

Ma’lumot uchun: avtotransport 51,2 trln so‘m (108%), temir yo‘l 10,6 trln so‘m (112%), avia 16,3 trln so‘m (107%).

Transport xizmatlari ko‘rsatish hajmi (108 trln 478 mlrd so‘m) jami xizmatlardagi ulushi 23 foizni tashkil etmoqda.

1 mlrd 383 mln tonna yuk tashildi (2022-yilga nisbatan 102 foiz);

Ma’lumot uchun: temir yo‘l 73,8 ming tonna (101%), avia 9 ming tonna (87%), avtotransport 1 309 ming tonna (102%).

48 mlrd 818 mln tonna-km yuk aylanmasi (2022-yilga nisbatan 106 foiz);

Ma’lumot uchun: temir yo‘l 27 mlrd 55 mln tonna-km (108%), avia 226 mln tonna-km (70%), avtotransport 21 mlrd 536 mln tonna-km (105%).

6 mlrd 452 mln yo‘lovchi tashildi (2022-yilga nisbatan 103,3 foiz);

Ma’lumot uchun: temir yo‘l 9 mln 707 ming (107,7%), avia 5 mln 267 ming (129%), avtotransport 6 mlrd 270 mln (103%), metro 162 mln 700 ming (119%), tramvay 3 mln 403 ming (117%), trolleybus 669 ming (124%).

152 mlrd 686 mln yo‘lovchi-km yo‘lovchi aylanmasi (2022-yilga nisbatan 104,2 foiz);

Ma’lumot uchun: temir yo‘l 3 mlrd 926 mln (111%), avia 13 mlrd 792 mln (126%), avtotransport 133 mlrd 751 mln (102%), metro 1 mlrd 186 mln (119%), tramvay 11 mln 900 ming (122%), trolleybus 18 mln 300 ming (124%)

61,4 mln tonna xalqaro yo‘nalishlarda yuk tashildi (2022-yilga nisbatan 114,5 foiz).

Ma’lumot uchun: eksport16,3 mln tonna (106%), import31,4 mln tonna (120,6%) va tranzit 13,7 mln tonna (112,7%).

1 mlrd 541,4 mln dollar transport xizmatlari eksporti bajarildi (2022-yilga nisbatan 105,0 foiz).

Ma’lumot uchun: avtotransport 507,8 mln doll (105,5%), temir yo‘l 518,0 mln doll (100%), avia 515,6 mln doll (109,4%).

Logistika samaradorligi indeksi (LPI) bo‘yicha 160 ta mamlakat orasida O‘zbekiston (2,6 ball, 88-o‘rin), (2018-yilda 2,58 ball, 99-o‘rin)ni egallagan.

Singapur (4,3 ball, 1-o‘rin), Finlandiya (4,2 ball, 2-o‘rin),
Daniya (4,1 ball, 3-o‘rin), RF (2,6 ball, 87-o‘rin) va Albaniya (2,5 ball, 89-o‘rin).

YEOII davlatlari bilan LPI komponentlari kesimida, raqobatbardosh narxlarda xalqaro tashishni tashkil etish komponenti (O‘zbekiston - 2,6 ball, 91 o‘rin), (2018-yilda 2,42 ball, 120-o‘rin) logistika xizmatining sifatligi komponenti (O‘zbekiston - 2,6 ball, 92 o‘rin). (2018-yilda 2,59 ball, 88-o‘rin)

(Qozog‘iston - 2,7 b, Belorus 2,6 b, RF 2,6 b, Qirg‘iziston - 2,2 b).

 

Transport sohalari kesimida erishilgan natijalar

 

Aviatsiya sohasi bo‘yicha:

 

Milliy aviatsiya parki havo kemalari soni 47 tadan 75 taga yetkazildi (2023-yil davomida 28 ta qo‘shimcha havo kemalari olib kelindi).

Respublikadagi 11 ta xalqaro aeroportlar va uchish-qo‘nish maydonchalari orqali 85 702 ta (139 foiz) havo kemalariga hamda 10 mln 409 ming yo‘lovchilarga (137 foiz) xizmat ko‘rsatildi.

Rezident aviakompaniyalari tomonidan 54 404 ta (140 foiz) aviaqatnovlar amalga oshirilgan bo‘lib, buning natijasida jami 6 mln 803 ming yo‘lovchi (131 foiz) tashildi.

Xorijiy aviakompaniyalar tomonidan 31 296 ta (129 foiz) aviaqatnovlar orqali 3 mln  606 ming yo‘lovchiga (139 foiz) xizmat ko‘rsatildi.

Ma’lumot uchun: xalqaro yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatilgan yo‘lovchilar-ning 1 753,9 ming tasini va mahalliy yo‘nalishda 456,7 ming tasini xorijiy fuqarolar tashkil etdi.

Mahalliy yo‘nalishlarda 22 596 ta aviaqatnovlar amalga oshirilib, 1 mln 766 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatildi.

Zomin tumanida yangi aerodrom tashkil etilib, Chexiyadan olib kelingan 2 ta L-410 kichik sig‘imli samolyotlar orqali ushbu aerodromdan Toshkent, Samarqand hamda Buxoro viloyatlariga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi.

Ma’lumot uchun: Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida, Toshkent-Zomin-Samarqand hamda Toshkent-Zomin-Buxoro yo‘nalishida haftasiga 4 martadan aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi.

 

Temir yo‘llar sohasi bo‘yicha:

 

“Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” AJ tomonidan 17 ta zamonaviy yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqarildi hamda 94 ta yo‘lovchi vagon, shu jumladan – 55 ta vagon kapital ta’mirlandi va 39 ta vagon modernizatsiya qilindi.

771 ta yangi yuk vagonlari ishlab chiqarildi. Shundan,

“Quyuv-mexanika zavodi” SHK tomonidan jami 477 ta, shundan 280 ta poluvagon, 7 ta mineralavoz, 41 ta yopiq, 100 ta sementovoz, 39 ta zernovoz va 10 ta fiting platforma;

“Andijon mexanika zavodi” SHK tomonidan jami 294 ta, 125 ta poluvagon, 10 ta mineralavoz hamda respublikaning boshqa yirik sanoat korxonalari tomonidan 159 ta sisterna ishlab chiqarildi.

 

Metropoliten sohasi bo‘yicha:

 

3 ta (12 ta vagon) harakat tarkibi olib kelinib, “Yunusobod” yo‘nalishiga qo‘yildi. (vagonlar soni 254 tadan 266 taga yetkazildi.)

Natijada ushbu yo‘nalishda harakat tarkibi soni 10 taga yetib, kunlik 55-60 ming (oldin 40 ming) yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilib, interval tig‘iz paytda 10 daqiqadan 4 daqiqaga qisqardi.

“Toshkent shahrida yer usti halqa metropoliteni liniyasi qurilishi” loyihasining II-bosqichida uzunligi 7,74 km “Qo‘yliq-Quruvchilar uchastkasida 5 ta bekatda qurilish-montaj ishlari yakunlanib, yo‘lovchilarga foydalanish uchun topshirildi va metropolitenning umumiy uzunligi 73,05 kmga yetdi.

“Toshkent shahrida yer usti halqa metropoliteni liniyasi qurilishi” loyihasining II-bosqichida uzunligi 3,8 km “Quruvchilar-Qipchoq” uchastkasida hamda 2 ta bekatda qurilish-montaj ishlari yakuniga yetkazilib, metro bekatlari qurilish ishlari yakunlandi.

Yo‘lovchi tashish hajmi 162,7 mln yo‘lovchiga (119,0 foiz) xizmat ko‘rsatilgan bo‘lib, bunda, 1 yo‘lovchi birlik tannarxi 3 512,3 so‘mni (122,6 foiz) tashkil etdi.

 

Yo‘l xo‘jaligi sohasi bo‘yicha:

 

13 trln 577 mlrd so‘m mablag‘ tasdiqlangan davlat dasturlari va topshiriqlar asosida o‘zlashtirildi.

19 423 km avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilindi va ta’mirlandi, jumladan:

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 353 km avtomobil yo‘llari foydalanishga topshirildi. (2 trln 72  mlrd so‘mlik ishlar bajarildi)

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini texnik soz holatda saqlash maqsadida, 4 267 km avtomobil yo‘llari ta’mirlandi. (3 trln 96 mlrd so‘m mablag‘ o‘zlashtirildi)

“Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish” dasturi doirasida 8 710 km ichki yo‘llar ta’mirlandi. (3 trln 420 mlrd so‘m mablag‘ hisobiga)

“Tashabbusli budjet” dasturi doirasida 2 330 km ichki yo‘llar ta’mirlandi. (1 trln 42 mlrd so‘m mablag‘ hisobiga)

“Yangi O‘zbekiston” massivlarida 39 km ichki yo‘llar qurildi. (166,8 mlrd so‘m mablag‘ hisobiga)

Birinchi navbatda mahallalarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan 3 401 km avtomobil yo‘llari ta’mirlandi. (qo‘shimcha ajratilgan 1 trln 577 mlrd so‘m mablag‘ hisobiga)

225 dona ko‘priklar ta’mirlandi. (umumfoydalanishdagi yo‘llarda – 103 dona, ichki yo‘llarda – 122 dona)

Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalar bo‘yicha 310 km avtomobil yo‘llarida rekonstruksiya ishlari yakunlandi. (172,7 mln dollar (2 138 mlrd so‘m) mablag‘ o‘zlashtirildi)

Moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun yangi 119 ta texnika va jihozlar harid qilindi.

 

Avtomobil va jamoat transporti sohalari bo‘yicha:

 

Jamoat transporti sohasida yo‘lovchi tashuvchi 2 218 ta tadbirkorlik subyektlari va 128 526 ta jismoniy shaxslar tomonidan 176 163 ta avtotransport vositalarida yo‘lovchi tashish xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.

Ma’lumot uchun: 7 779 tasi avtobus (4,4 foiz), 3 579 tasi mikroavtobus (2,0 foiz), 164 805 tasi yengil avtomobil (93,6 foiz).

shu jumladan, 164 805 tasi yengil avtomobilning 30 541 tasi “Damas” (17,3 foiz), 237 tasi YATTlar (0,13 foiz) va 128 526 ta o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar (73,0 foiz).

1 203 ta avtobus va 782 ta mikroavtobus xarid qilindi.

Ma’lumot uchun: Buxoro 24 ta avtobus / 11 ta mikroavtobus, Jizzax 2/10, Qashqadaryo 30/11, Navoiy 19/17, Samarqand 91/27, Surxondaryo 1/14, Sirdaryo 22/14, Toshkent viloyati 6/183, Farg‘ona 4/100, Xorazm 117 ta mikroavtobus, Toshkent shahri 1004/13.

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimi brutto-shartnoma asosida tashkil etildi hamda yo‘lovchi tashishni yangi moliyalashtirish tizimi joriy etildi.

Ma’lumot uchun: 48,2 km alohida ajratilgan yo‘laklar tashkil etildi. Toshkent shahridagi 11 ta magistral, 14 ta xalqa, 96 ta bog‘lovchi va 46 ta yetkazib beruvchi, jami 167 ta yo‘nalishlardan iborat yangi yo‘nalishlar tarmog‘i asosida bir necha bosqichda elektron tender tanlovlari o‘tkazildi.

Tender tanlovlari natijasida 167 ta yo‘nalishlarning barchasi bo‘yicha brutto-shartnoma tizimida xizmat ko‘rsatish uchun shartnomalar tuzildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida:

- avtobuslar oraliq intervali 2-3 barobarga qisqarib, hozirda 8-10 daqiqani tashkil etmoqda (oldin 18-20 daqiqa bo‘lgan);

- kunlik yo‘lovchi oqimi 1,7 baravarga ko‘payib, 1 millionga yetdi (ilgari kuniga 650 ming yo‘lovchi tashilgan);

- poytaxtga kirib keladigan aholining shahar markaziga yetib borish vaqti 45 daqiqadan 30 daqiqagacha qisqardi (kuniga poytaxtga 900 mingdan ortiq aholi jamoat transportida kirib keladi).

- yo‘nalishlar o‘rtacha masofasi 18 kmdan 12 kmgacha, yo‘nalishlarning umumiy masofasi 2 666 kmdan 2 039 kmga qisqartirish hisobiga jamoat transporti o‘rtacha tezligini 18 km/soatdan 21 km/soatga ko‘tarishga erishildi.

Toshkent shahrida mavjud 396 ta avtobus oraliq bekatlari tartibga keltirilib, bekatlarda yo‘lovchilar uchun to‘siqsiz va xavfsiz muhit yaratildi.

424 ta avtobuslar “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidan viloyat hokimliklariga beg‘araz berildi.

Ma’lumot uchun: Qoraqalpog‘iston Res. 80 ta, Andijon 20 ta,
Jizzax 30 ta, Qashqadaryo 2 ta, Navoiy 15 ta, Samarqand 10 ta,
Surxondaryo 67 ta, Sirdaryo 30 ta, Toshkent viloyati 160 ta, Xorazm 10 ta.

Toshkent shahridagi 1 020 ta (parkning 73 foizi) tabiiy gazda harakatlanuvchi avtobuslar bilan to‘ldirildi, 322 ta elektrobuslar uchun avtobus saroylarda 161 ta elektr quvvatlash uskunalari o‘rnatildi.

2020-yilda shahar jamoat transportida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimidan 45 244,4 ming yo‘lovchi foydalangan bo‘lsa, 2023-yilda 78 515,3 ming yoki 173,5 foizga, tushum 28,4 mlrd so‘mdan 98,6 mlrd so‘mga yoki 3,5 barobar oshishiga erishildi.

Ma’lumot uchun: elektron to‘lovlar umumiy tushumdagi ulushi 60 foizni tashkil etmoqda.

22 ta muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilib, 374 mingta yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatildi.

Ma’lumot uchun: Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Rossiya davlatlariga.

226 ta elektron tenderlar o‘tkazildi, ushbu tenderlarda 4 278 ta yo‘lovchi tashish bo‘yicha yo‘nalishlar joylashtirilib,
2 850 ta tender g‘olibi aniqlangan.

Ma’lumot uchun: 565 ta shahar ichida, 3 210 ta shahar atrofi, 362 ta viloyat hududi shaharlararo va 141 ta shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlar ochiq tenderlarga taqdim qilingan.

11 ta avtovokzal va avtostansiya yangidan qurilib (7 ta) va rekonstruksiya (4 ta) qilinib foydalanishga topshirildi.

Ma’lumot uchun: respublikamizda 15 583 ta avtobus bekatlar bo‘lib, shundan 2 133 tasi (14 foiz) hokimiyatlar, 9 781 tasi (63 foiz) tadbirkorlar va 3 669 tasi (23 foiz) avtomobil yo‘llaridan foydalanish korxonalari tasarrufida.

  

Sohani raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar:

2023-yilda Transport vazirligi tomonidan transport sohasiga axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi va sohada quyidagi natijadorliklarga erishildi.

Jumladan, Transport vazirligi huzurida sohani raqamlashtirishga mas’ul bo‘lgan “Raqamli transport markazi” davlat muassasasi tashkil etildi hamda markaz tomonidan axborot tizimlari soni 8 tadan 15 taga yetkazildi.

Ruxsat berish tamoyili asosida ishlovchi axborot tizimlar bo‘yicha Biznes-jarayonlarini raqamlashtirish orqali tadbirkor va fuqarolardan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish amaliyoti bekor qilinib, inson omili bartaraf etilgan holda shaffoflik ta’minlandi.

Ma’lumot uchun: avtotransport sohasida 4 ta (E-Tender, Dozvol, litsenziya, xavfli yuk), temir yo‘l sohasida 3 ta (infratuzilma qurish, tashishlarni tashkil etish, xavfli yuk), aviatsiya sohasida 1 ta (Forma – R) axborot tizimlari.

Bunda vazirlik va idoralar bilan elektron hamkorlik qilish  darajasi oshirilib, elektron ma’lumot almashish yo‘lga qo‘yildi.

Vazirlik tomonidan ko‘rsatilayotgan jami 20 ta davlat xizmatlarining barchasi elektron ko‘rinishga o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun: “License.gov.uz” elektron litsenziyalash tizimi orqali 4 ta davlat xizmati va “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” orqali 3 ta davlat xizmatini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Bular:

  1. Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashishga litsenziya berish davlat xizmati;

(jami 328 190 ta litsenziya varaqalari rasmiylashtirildi)

  1. Ayrim imtiyozga ega toifadagi fuqarolarga imtiyozli transport kartasini berish davlat xizmati;

(jami 6 331 ta transport kartasi bilan ta’minlandi)

  1. Mahalliy temir yo‘l va avia chiptalarni onlayn rasmiylashtirish xizmati yo‘lga qo‘yilib, chiptalar mazkur portal orqali yo‘lovchilar tomonidan onlayn rasmiylashtirilmoqda.

(joriy yilning noyabr oyidan boshlab ishga tushirildi va 5 mingga yaqin elektron chiptalar rasmiylashtirildi)

 

  1. Jamoat transportini raqamlashtirish bo‘yicha:

Muntazam shahar avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimini joriy etildi.

Ma’lumot uchun: Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan jamoat avtobuslari uchun “ASDUM Magnetic” avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorat tizimi joriy qilindi.

Buning natijasida, Toshkent shahrida yo‘lkira haqi tushumlari kunlik yig‘ish reja-topshirig‘ini belgilash amaliyoti bekor qilindi va avtobusda yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashuvchilar bilan hisob-kitoblar amalga oshirish “bosib o‘tilgan yo‘l” va “sifat” mezonlari asosida yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur tizim 2024-yilning yanvaridan Andijon, Samarqand, Namangan, Qarshi va Urgench shaharlarida, 1 iyundan esa – Nukus shahri va boshqa viloyatlar markazlarida tatbiq etiladi.

 

Naqd pulsiz to‘lovlar bo‘yicha:

 

Tushumlar shaffofligini ta’minlash maqsadida avtomatlashtirilgan transport to‘lov tizimini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar bajarilib, jamoat avtobuslarida o‘rnatilgan validatorlar soni (2 535 ta) o‘tgan yilga nisbatan 2 barobarga oshirildi.

Hozirgi vaqtga qadar, Toshkent shahri, Samarqand, Andijon, Namangan, Xorazm, Qarshi, Urganch, Buxoro va Qo‘qon shaharlarida faoliyat yuritayotgan yo‘lovchi tashuvchi jamoat avtobuslarida yo‘l kira haqini elektron ko‘rinishda to‘lash imkoniyati yaratilgan.

Bundan tashqari, bank kartalari, mobil qurilmalarning “NFC” funksiyasi hamda xalqaro kartalari bilan ham to‘lovni amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, metropoliten stansiyalariga umumiy hisobda 580 ta validatorlar o‘rnatildi.

Bundan tashqari, metropolitendan foydalanuvchi yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida, joriy yilning sentabr oyidan boshlab, yuz qiyofasi (Face Pay) va kaft identifikatsiyasi (Palm Pay) orqali to‘lov qilish imkoniyati maxsus qurilmalar yordamida Toshkent metropolitenining “Buyuk ipak yo‘li” hamda “Xalqlar do‘stligi” metro bekatlarida sinovdan o‘tkazilmoqda.

Shuni ta’kidlash lozimki, yuz qiyofasi orqali elektron to‘lovni amalga oshirish ommalashib bormoqda. Hozirgi kunda
yuz qiyofasi orqali to‘lov qilish uchun 42 000 dan ziyod foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tishdi va 44 525 ta tranzaksiya amalga oshirildi.

 

Turizmni rivojlantirishda transport sohasida amalga oshirilgan ishlar

 

Havo, temir yo‘l va avtomobil transportlarida ichki va tashqi turizmni rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Jumladan,

Rezident aviakompaniyalar soni 15 taga yetkazildi hamda mazkur aviakompaniyalarning 12 tasi xususiy aviakompaniyalar hisoblanadi.

Ma’lumot uchun: “Uzbekistan airways”, “Uzbekistan helicopters”, “Silk avia”, “Qanot Sharq”, “Panorama Airways”, “Humo Air”, “My Freighter”/“Centrum Air”, “Sayohat Air Group”, “Tashkent Air”, “Asia Union Airlines”, “Air Tashkent”, “Sharq-Avia”, “Agro - Parvoz”, “Uz Aero Tech Group”, “Samarkand Air” MCHJ

Bugungi kunda “Ochiq osmon” rejimi doirasida xorijiy aviakompaniyalarga ruxsatnomalar Samarqand aeroportining texnik imkoniyatlarini inobatga olgan holda parvozlar soniga cheklovlarsiz berilmoqda (masalan,  Turkish Airlines, Fly Dubai, Jazeera Airways, Wizz Air Abu Dhabi, Azal  va boshqalar). 

Ichki turizmni rag‘batlantirish maqsadida, 2023-yil Silk avia aviakompaniyasi tomonidan o‘rtacha ikki baravargacha arzonlashtirilgan tariflar jadvali ishlab chiqildi.

Shuningdek, Jizzax viloyati Zomin tumani kurort zonasiga sayyohlar va dam oluvchilarni yetkazishni tashkillashtirish maqsadida, “Uzbekistan Airways”AJ tomonidan tumanda kichik aviatsiya havo kemalari uchun aerodrom qurildi va 2023-yilning 24 iyul kuni Toshkentdan Zominga ilk parvoz amalga oshirilib, mamlakatimiz yo‘lovchi aviatsiyasi tarixida yangi sahifa ochildi hamda Toshkent-Zomin-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan aviaqatnov yangi L-410 rusumdagi havo kemasida bajarildi. Ayni vaqtda, “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan sayyohlar va dam oluvchilar uchun Toshkent-Zomin- Samarqand va Toshkent-Zomin-Buxoro yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar amalga oshirib kelinmoqda.

Transport vazirligi tomonidan “Uzbekistan Helicopters” MCHJ bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida turistik yo‘nalishlar bo‘yicha Airbus H130 va Airbus H125 rusumli vertolyotlarda aviaqatnovlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha turistik kompaniyalardan kelib tushgan talablar tahlil qilindi va tahlillar asosida marshrutlar ishlab chiqildi.

Toshkent-Samarqand, Toshkent shahri va Toshkent viloyati (Bo‘stonliq va G‘azalkent tumanlari–“Amirsoy, Po‘latxon, Urung‘och”)va shu kabi turistik hududlar bo‘ylab turistik parvozlar amalga oshirilmoqda

Yangi tashkil etilgan rezident aviakompaniyalar tomonidan xalqaro aviaqatnovlarni amalga oshirishga ruxsat berish maqsadida Xalqaro shartnomalar qayta ko‘rib chiqildi.

Xususan,

“Qanot Sharq” aviakompaniyasiga jami 22 ta xalqaro yo‘nalishlarida haftasiga 37 ta chastotada parvozlarni amalga oshirishi uchun ruxsatnoma rasmiylashtirildi.

Panorama Airways aviakompaniyasiga 23 ta xalqaro yo‘nalishlarida haftasiga 42 ta chastotada parvozlarni amalga oshirishi uchun ruxsatnoma rasmiylashtirildi.

“Centrum Air” (“My Freighter”) aviakompaniyasiga jami 40 ta xalqaro yo‘nalishda haftasiga 99 ta chastotada parvozlarni amalga oshirishlari uchun ruxsatnomalar taqdim etildi.

Hozirgi kunda  temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha mahalliy 35 ta yo‘nalishda 44 ta yo‘lovchi poyezd harakatlangan bo‘lib, shulardan 6 tasi yuqori tezlikda harakatlanuvchi, 6 tasi tezyurar va 16 tasi yo‘lovchi poyezdlari hamda 18 tasi shahar atrofida harakatlanuvchi elektropoyezdlardir.

Yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari “Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishida har kuni 3 ta, “Toshkent-Qarshi-Toshkent yo‘nalishida haftasiga 10 ta, “Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida har kuni 1 ta hamda “Toshkent-Shahrisabz-Toshkent yo‘nalishida haftasiga 1 ta elektropoyezdlar o‘z tashuvlarni amalga oshirmoqda. Ushbu elektropoyezdning yo‘lovchi sig‘imi 286 o‘rinli bo‘lib, kuniga o‘rtacha 2,7 mingtadan 3,5 mingtagacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Har kuni qatnaydigan “Toshkent-Andijon-Toshkent “Toshkent-Buxoro-Toshkent”, “Toshkent-Qarshi-Toshkent hamda haftasiga 2 marta qatnaydigan “Toshkent-Namangan-Toshkent tezyurar poyezdlari kuniga 2,5 mingdan 4 minggacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Bundan tashqari, har kuni qatnaydigan “Toshkent-Qo‘ng‘irot-Toshkent”, “Toshkent-Termiz-Toshkent”, “Toshkent-Xiva-Toshkent”, “Andijon-Xiva-Andijon”, haftasiga 4 marta qatnaydigan “Toshkent-Shovot-Toshkent”, “Toshkent-Olot-Toshkent va “Andijon-Termiz-Andijon”, haftasiga 2 marta qatnaydigan “Andijon-Qo‘ng‘irot-Andijon” kabi yo‘lovchi poyezdlari kuniga 10 mingdan 15 minggacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.

 “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan 6ta xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi poyezdlar qatnovi amalga oshirildi.

Ma’lumot uchun: “Toshkent – Samara – Toshkent”, “Toshkent – Volgograd – Toshkent”, “Toshkent–Novosibirsk–Toshkent”, “Nukus-Beyneu-Nukus”, “Olma-ota-Toshkent-Olma-ota”, “Dushanbe-Toshkent-Dushanbe”.

Shuningdek, Germaniyaning “Lernidee Erlebnisreisen” turistik kompaniyasi tomonidan 5 ta va Buyuk Britaniyaning «Golden  Eagle  Luxury  Trains  Limited» turistik kompaniyasi tomonidan 3 ta Markaziy Osiyo bo‘ylab turistik charter poyezdlar tashkil qilindi.

Havo va temir yo‘l transportida ichki turizmni yanada rag‘batlantirish uchun rasmiy sanalarni nishonlash davrida aholining dam olish kunlariga chipta sotib olish uchun chegirmalar joriy etib kelinmoqda.

Vazirlik tomonidan Turizm va madaniy meros vazirligi bilan hamkorlikda har bir viloyatning o‘ziga xos bo‘lgan turizm obektlariga avtotransport qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.

Jumladan,

Surxondaryo viloyatida  Qoratepa buddizm ibodatxonalar markazi, Ayritom yodgorligi, Fayoztepa buddaviylik monastiri, Zurmala buddaviylik supasi, Chingiztepa yodgorligi, Dalvarzintepa yodgorligi va Xolchayon yodgorligi kabi ziyorat obektlarga avtotransport qatnovlarini tashkil etildi.

Ichki turizmni diversifikatsiya qilish maqsadida, Buxoro va Samarqand, Buxoro va Hiva, Buxoro va Termiz shaharlari o‘rtasida zamonaviy avtobus va mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi Aqchako‘l hududiga VX-524 “Bostan AS-Nukus AV” avtobus yo‘nalishi va Nukus shahridagi Ashshiko‘l hududiga 52-sonli “Juldizsha bolalar dam olish maskani-Markaziy dehqon bozor” yo‘nalishli taksi yo‘nalishi yo‘lga qo‘yilgan.

Jizzax viloyati Aydarko‘l hududiga VX-500 “Arnasoy-Jizzax” yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi.

Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi Zikriko‘l hududiga SHYT-455 sonli “Qorovulbozor-Nag‘oratepa” va SHYT-280 sonli “Qorako‘l-Sayyot” yo‘nalishlari hamda Kogon tumanidagi To‘dako‘l hududiga SHYT 261-sonli "Kogon bosh bekati-Yangi Hayot" yo‘nalishli taksi yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi.

Navoiy viloyati Aydarko‘l va To‘dako‘l dam olish maskanlarini shahar, tumanlar hamda viloyat markazi bilan bog‘lash maqsadida yo‘nalishli taksi (damas) yo‘nalishi va avtobus yo‘nalishlari tashkil qilindi.

Barcha viloyatlar markazlarida tashkil etilgan “turizm ko‘chalari”ni bog‘lovchi, tungi vaqtda harakatlanadigan jamoat transportini yo‘lga qo‘yish maqsadida “turizm ko‘chalari”dan harakatlanuvchi 1 ta yangi yo‘nalish tashkil etildi va muqaddam ishlab turgan 28 ta yo‘nalishlarning ish vaqti tungi vaqtlargacha uzaytirilib, ushbu ko‘chalarda tungi vaqtlarda jamoat transporti harakati yo‘lga qo‘yildi.

 

Xalqaro transport koridorlari, logistika va tranzitni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar

 

2023-yilda 31 ta xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan 200 480 dona ruxsatnoma blankalari o‘zaro ayirboshlandi, o‘tgan yilga nisbatan 30 foizga o‘sgan yoki 35 046 taga ko‘paygan.

Ma’lumot uchun: ushbu ko‘rsatkich 2020-yilda 45 990 tani tashkil etgan.

“O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya” multimodal transport yo‘lagini rivojlantirish bo‘yicha Bayonnoma imzolandi va temir yo‘l tashuvlariga chegirmalar berildi (tashish xarajatlari o‘rtacha 15-20 foizga arzonlashdi).

“Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” multimodal transport yo‘lagini rivojlantirish bo‘yicha Memorandum loyihasi ishlab chiqildi, tomonlar bilan kelishildi va imzolandi (Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston).

Afg‘oniston hududida milliy tashuvchilar tomonidan tranzit tashuvlarini amalga oshirishga o‘rnatilgan cheklov bekor qilindi.

“O‘zbekiston - Turkmaniston - Kaspiy dengizi - Ozarbayjon - Gruziya portlari” multimodal transport koridori bo‘yicha 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan “Chora-tadbirlar rejasi” Ozarbayjon tomoni bilan imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Ozarbayjon Respublikasi Hukumati o‘rtasida “Xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risida” Bitimning ichki-tartibot protseduralari yakunlandi va 2023-yil 15 fevraldan kuchga kirdi.

Natijada, Ozarbayjon hududi orqali O‘zbekistonning yuk tashuvlari hajmi 2023-yilda 21 foizga oshdi

Qashqardan-Andijongacha va Peshovardan-G‘alabagacha bo‘lgan xalqaro avtomobil va temir yo‘llarida tashishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Mazkur chora-tadbirlar loyihasida, "Andijon-O‘sh-Irkeshtom-Qoshg‘ar" multimodal transport yo‘lagida yuk tashuvlar hajmini 3 barobarga oshirish belgilangan.

“O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy” temir yo‘l loyihasini amalga oshirish bo‘yicha loyihani moliyalashtirish va boshqarish modeli aniqlanib, Qirg‘iziston tomoni bilan kelishuvga erishildi.

Joriy yil 1-2 noyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti 1-chi transport forumi hamda Iqtisodiy Hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar transport vazirlarining 12-chi uchrashuvi doirasida “Belarus – rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston - Pokiston”, “O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron - Turkiya” hamda “Rossiya – Kaspiy – Turkmaniston – O‘zbekiston - Qirg‘iziston” multimodal transport yo‘laklarini tashkil etish to‘g‘risida hujjatlar imzolandi.