Eslatma: Sayt beta rejimida ishga tushirildi. Saytdan foydalanish paytida xatoliklar yuzaga kelishi mumkin.

Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Metropoliten

 

Toshkent Metropoliteni — O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi huzuridagi unitar korxonadir. Avval Oʻzbekiston temir yoʻllari kompaniyasi tarkibida boʻlgan. U Toshkent shahridagi jamoat transportlaridan biri bo'lgan metro tizimini boshqaradi.

2021-yil may oyi holatiga ko'ra, Toshkent metropolitenining umumiy uzunligi 59,5 km, yo'llari soni 4 ta va bekatlari soni 43 ta. Metroda haftaning dushanba-juma kunlarida bir kunda 330,000 va shanba-yakshanba kunlarida esa 150,000 nafar yo'lovchi tashiladi. Toshkent Metrosida 4,200 nafar ishchi-xodimlar yo'lovchilarga xizmat ko'rsatadi.

2021-yil 12-iyundan Rahmonbek Usmonov Toshkent Metropoliteni rahbari etib tayinlandi.