Manzil:
Zulfiyaxonim ko'chasi, 3-uy
Avtomobil yo'llari qo'mitasi tomonidan avtomobil yo'llarida 2020 yilda bajarilgan xamda 2021 yilda bajarilishi rejalashtirilgan yo'l ishlari to'g'risida ma'lumot.
Bugungi kunda respublikada jami 209 496 km avtomobil yo'llari mavjud bo'lib, shundan:
– umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari – 42 869 kmni;
– ichki ho'jalik yo'llari – 141 882 kmni;
– idoraviy yo'llar – 24 745 kmni tashkil etadi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari mahsus vakolatli organ – Avtomobil yo'llari qo'mitasi tasarrufida, ichki ho'jalik yo'llari – maxalliy davlat xokimiyati organlari tasarrufida, idoraviy yo'llar yuridik va jismoniy shahslar tasarrufida bo'ladi.
2020 yilda jami 5 186,3 mlrd.so'm (rejaga nisbatan – 101,8 %) miqdorida avtomobil yo'llarini qayta qurish, ta'mirlash va saqlash ishlari bajarilib, 6 442,6 km (rejaga nisbatan – 101,2 %) avtomobil yo'llari qayta qurildi va ta'mirlandi.
Jumladan:
– investitsiya dasturi doirasida 1 137,2 mlrd.so'm mablag'lar o'zlashtirilib, 146,2 km avtomobil yo'llari qayta qurildi va ta'mirlandi;
– kapital ta'mirlash dasturi doirasida 352,7 mlrd.so'm miqdorida mablag'lar o'zlashtirilib, 114,2 km avtomobil yo'li kapital ta'mirlandi;
– umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini joriy ta'mirlash va saqlash bo'yicha 1 848,9 mlrd.so'm mablag'lar o'zlashtirilib, 2 308,0 km avtomobil yo'li ta'mirlandi;
– ichki ho'jalik yo'llarini ta'mirlash bo'yicha 394,6 mlrd.so'm miqdorida ishlar bajarilib, 1 529,2 km ichki yo'llar ta'mirlandi;
– “Inqirozga qarshi kurashish jamg'armasi” mablag'lari xisobidan 1 000,0 mlrd.so'm miqdorida ishlar bajarilib, 2 026,0 km yo'llar ta'mirlandi;
– “Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi” xisobidan 452,9 mlrd.so'm miqdorida ishlar bajarilib, 319,0 km avtomobil yo'li ta'mirlandi.
2021 yilda 4 577,4 mlrd.so'm mablag'lar o'zlashtiriladi xamda 3 935,8 km avtomobil yo'llari qayta quriladi va ta'mirlanadi.
Jumladan:
– investitsiya dasturi doirasida 2 165,0 mlrd.so'm mablag'lar o'zlashtirilib, 95,8 km avtomobil yo'llari qayta quriladi;
– kapital ta'mirlash dasturi doirasida 355,0 mlrd.so'm miqdorida mablag'lar o'zlashtirilib, 100,0 km avtomobil yo'li kapital ta'mirlanadi;
– umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini joriy ta'mirlash va saqlash bo'yicha 1 801,8 mlrd.so'm miqdorida ishlar bajarilib, 2 540,0 km avtomobil yo'llari ta'mirlanadi;
– ichki ho'jalik yo'llarini ta'mirlash bo'yicha 255,6 mlrd.so'm miqdorida ishlar bajarilib, 1 200,0 km ichki yo'llar ta'mirlanadi.