Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkent shahri hududidagi shahar yo‘nalishli taksi va avtobus yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha elektron tender

Chop etish Sahifani ulashish
11.11.2022 8470 Yangiliklar

 

Toshkent shahar hududidagi shahar yo‘nalishli taksi va avtobus yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha 2022 - yilning 12 - dekabr kuni soat 12:00 da elektron tarzda

OChIQ TENDER O‘TKAZILADI

 

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

 

Yo‘nalish turi

 

 

 

Shahar yo‘nalishli taksi va avtobus yo‘nalishlari

 

1.        

58

Do‘stlik-2 mavzesi AShB – Ekskavator zavodi

Avtobus

 

2.        

114

Ibn Sino 2-mavzesi – To‘qimachilik kombinati

Avtobus

 

3.        

116

Shifokorlar shaharchasi – Chilonzor buyum bozori AShB

Avtobus

 

4.        

121

Yunusobod mavzesi 9-daha – Chinni bozori

Avtobus

 

5.        

188

Ittifoq QFY – Chorsu metrosi AShB

Avtobus

 

6.        

66

Sputnik 17-harbiy qism – Tashkent vokzali

Avtobus

 

7.        

184

Binokor qo‘rg‘oni – Yarmarka

Avtobus

 

8.        

6

Yunusobod mavzesi 6-daha – Yunusobod mavzesi 17-daha

Avtobus

 

9.        

7

Yunusobod mavzesi 9-daha – Yunusobod 19 daha

Avtobus

 

10.    

25

Yunusobod mavzesi 9-daha – ToshGRES qo‘rg‘oni

Avtobus

 

11.    

67

Yunusobod 19 daha – Xalqaro Aeroporti-2

Avtobus

 

12.    

71

 Uzumzor mavzesi – Chuqursoy temir yo‘l stansiyasi

Avtobus

 

13.    

78

Beruniy metrosi – Tashkent vokzali

Avtobus

 

14.    

95

Yunusobod mavzesi 15-daha – Aviasozlar AShB

Avtobus

 

15.    

115

ToshGRES qo‘rg‘oni – Gulobod ko‘chasi AShB

Avtobus

 

16.    

123

Chorsu metrosi AShB – Chuqursoy temir yo‘l stansiyasi

Avtobus

 

17.    

124

Yunusobod mavzesi 9-daha – Beruniy metrosi

Avtobus

 

18.    

140

Yunusobod mavzesi 12-daha – San’at instituti bekati

Avtobus

 

19.    

149

Yunusobod dehqon bozori – Qorasuv 1-mavzesi

Avtobus

 

20.    

3

 Qora Qamish 2/4-mavzesi – Boshliq mavzesi

Avtobus

 

21.    

92

Ibn Sino 2-mavzesi – Xalqaro Aeroporti-2

Avtobus

 

22.    

12I

Feruza mavzesi – Chilonzor buyum bozori AShB

Yo‘nalishli taksi

 

23.    

28M

TTZ AShB – Oloy bozori

Yo‘nalishli taksi

 

24.    

133M

Qorasuv 6-mavzesi - Chorsu savdo markazi

Yo‘nalishli taksi

 

25.    

142

Katta Xasanboy mahallasi – Tiklanish mahallasi

Avtobus

 

26.    

20

Ibn Sino 1-mavzesi – Gulobod ko‘chasi

Avtobus

 

27.    

23

Chorsu metrosi – Farxod bozori

Avtobus

 

28.    

52

Uchuvchilar shaharchasi – Tashkent vokzali

Avtobus

 

29.    

133

Gulzor mahallasi – Qipchoq transport o‘tish bog‘lamasi

Avtobus

 

30.    

104

12-metro bekati – 4-metro bekati

Avtobus

 

31.    

137

Mahal.havo yo‘l Aeroporti-3 – Elektroapparat IChB

Avtobus

 

32.    

112

 Qipchoq transport o‘tish bog‘lamasi – Qo‘yliq dexqon bozori

Avtobus

 

33.    

151

Yangi O‘zbekiston bog‘i – Buyuk Ipak yo‘li metrosi

Avtobus

 

34.    

138

Shifokorlar shaharchasi – Beruniy metrosi

Avtobus

 

35.    

139

Birlik mavzesi – Chilonzor metrosi

Avtobus

 

36.    

39

3-metro bekati – Qo‘yliq bozori

Avtobus

 

37.    

E-1

 TTZ AShB-Mashinasozlar metrosi

Ekspress yo‘nalish

 

38.    

12

Qo‘yliq dexqon bozori-Boshliq mavzesi

Avtobus

 

39.    

26

 Majnuntol mahallasi – Oloy bozori

Avtobus

 

40.    

28

Ibn Sino 2-mavzesi – Yashnobod qurilish kolleji

Avtobus

 

41.    

119

Qo‘yliq 1-mavzesi – Yunusobod dexqon bozori

Avtobus

 

42.    

143

Toshkent INDEX savdo majmuasi – Bobur maydoni bekati

Avtobus

 

43.    

55M

Qo‘yliq dexqon bozori – M.Yusuf ko‘chasi

Yo‘nalishli taksi

 

44.    

62M

Yunusobod mavzesi 9-daha – Xalqaro Aeroporti-2

Yo‘nalishli taksi

 

45.    

67M

Toshkent vokzali AShB – Chilonzor buyum bozori

Yo‘nalishli taksi

 

46.    

106

Uchxoz maxallasi – Saodat savdo markazi

Avtobus

 

47.    

130M 

Farxod bozori bekati – Paxtakor metrosi AShB

Yo‘nalishli taksi

 

48.    

134M

Vatan kinoteatri – Yunusobod 19 daha

Yo‘nalishli taksi

 

49.    

188M

Shifokorlar shaharchasi – Janubiy vokzali

Yo‘nalishli taksi

 

50.    

4I

Chorsu savdo markazi – Chilonzor buyum bozori

Yo‘nalishli taksi

 

51.    

27M

Yunusobod 19 daha – Chorsu savdo markazi

Yo‘nalishli taksi

 

52.    

29M

 O‘rikzor mavzesi bekati – Chilonzor savdo markazi

Yo‘nalishli taksi

 

53.    

95M 

Madaniyat instituti – Xalqaro Aeroporti-2

Yo‘nalishli taksi

 

54.    

98M

Tashkent vokzali – Al Xorazmiy mavzesi

Yo‘nalishli taksi

 

55.    

124M

 O‘rikzor mavzesi bekati – Paxtakor metrosi AShB

Yo‘nalishli taksi

 

56.    

165M 

Chorsu savdo markazi – Guliston mahallasi

Yo‘nalishli taksi

 

57.    

136 

Ekskavator zavodi – Chorsu metrosi

Avtobus

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi.

 

Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:

 

- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

 

- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

 

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida e’lon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

 

Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi hamda Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

 

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

 

Tender g‘olibi bo‘lgan tashuvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022-yil 26-avgustdagi 136-son buyrug‘i bilan yo‘nalishga xizmat ko‘rsatish talab va shartlariga kiritilgan qo‘shimchalarga asosan avtotransport vositalari “Toshyo‘lovchitransxizmat” DUK yagona avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi tizimiga hamda avtomatlashtirilgan to‘lov tizimiga ulangan bo‘lishi, salonida statsionar validator qurilmasi o‘rnatilgan yoki mobil validator bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.

 

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi.

 

Ma’lumot uchun telefon: (+99871)  202-05-01(308).