Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Kichkintoylar uchun unutilmas sayohat

Chop etish Sahifani ulashish
03.06.2024 144 Yangiliklar

1-iyun – xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Transport vazirligi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan vazirlik hamda uning tizim tashkilotlari xodimlari farzandlari uchun ekskursiya tashkil etildi.

Ekskursiya doirasida bolajonlar Toshkent xalqaro aeroportining mahalliy terminalida ATR-72, L-410 samolyotlari hamda Airbus H-130 vertolyoti, shuningdek, Havodagi harakatni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimining Toshkent Markazi va boshqaruv minorasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Ekskursiya davomida bolajonlar  aviatsiya olami bilan yaqindan tanishibgina qolmay, kelajakda shu soha egasi bo‘lishga ilhomlanishdi.

Batafsil