Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

"Rahbar va yoshlar" ochiq muloqoti

Chop etish Sahifani ulashish
23.12.2023 3548 Yangiliklar

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida Transport vaziri Ilhom Mahkamov ishtirokida “Vazir va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda taʼkidlanganidek, mamlakatimiz aholisining 18 milliondan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi. Bugungi kunda transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan jami xodimlar soni 131 953 nafar bo‘lib, undan 33 237 nafari yaʼni 25 foizini yoshlar tashkil etadi.

 

2023-yil yakuniga ko‘ra jami 4 186 nafar yosh mutaxassis transport va yo‘l xo‘jaligi sohasiga ishga qabul qilingan. Shuningdek, Transport vazirligi tasarrufidagi taʼlim muassasalarida bugungi kunda jami 20 mingga yaqin talaba va o‘quvchilar tahsil olishmoqda.

 

Transport vaziri Ilhom Mahkamov bilan tashkil etilgan uchrashuvda faol yoshlar ishtirok etishdi. Muloqot avvalida vazir yil davomida sohada amalga oshirilgan yangiliklar va islohotlar aks etgan taqdimot bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng yoshlarning savol va takliflari tinglandi.

 

Jumladan, O‘zbekistonda “Yo‘l-ko‘prik” sohasida innovatsion yondashuvni rivojlantirish, lazerli texnologiyalarni jalb qilish, ko‘priksozlik sohasida alohida strategiya ishlab chiqish, milliy navigatsiya tizimini yaratish, transportning barcha sohalarini qamrab olgan holda “Innovatsion g‘oyalar" tanlovini o‘tkazish kabi takliflar ilgari surildi.

 

Transport vaziri I.Mahkamov bildirilgan takliflarini to‘liq qo‘llab-quvvatlagan holda ushbu takliflarni amalga oshirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi. Vazir barcha yoshlarni soha rivojiga hissa qo‘shishga qaratilgan g‘oya va takliflarni ro‘yobga chiqarish jarayonida faol ishtirok etishga chorlab qoldi.

 

Yoshlar uchrashuv davomida Transport vazirligi va uning tarkibidagi korxona-tashkilotlarning eng faol yoshlariga Transport vazirining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘asi taqdim etildi.