Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Til – milliy tafakkur ramzi va taraqqiyot asosi

Chop etish Sahifani ulashish
20.10.2023 3820 Yangiliklar

Har bir millat o‘z ona tilini asrab-avaylashga, til orqali o‘z tarixi, madaniyatini saqlab, kelgusi avlodlarga yetkazishga harakat qiladi. Zero, tilni millat yaratadi, millat yashnatadi. 21-oktabrni O‘zbek tili bayrami sifatida keng nishonlash ona tilimizga bo‘lgan ehtiromimiz aslida.

 

Ushbu sananing shodiyona qilinishidan maqsad tilimizni millat ruhi sifatida qadrlash, uni avlodlarga sofligicha yetkazishdan iboratdir. Transport vazirligida bo‘lib o‘tgan “O‘zbek tili - milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ham ayni shu mavzuda so‘z yuritildi.

 

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda o‘zbek teatr va kino san’atining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan “Shuhrat” medali sohibi Mirolim Qilichyev hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Shuhrat“ medali sohibi Dilnoza Kubayeva ishtirok etdi.

 

Tadbirda ta’kidlanganidek, til nafaqat muloqot vositasi, balki eng avvalo milliy barhayotlik ramzi. Shu bois uning nufuzini oshirish, sofligini saqlash va asrab avaylash qaysi kasb sohibi bo‘lishdan qat’i nazar har birimizning ma’naviy burchimizdir.