Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Xalq va armiya – bir tanu bir jondir!

Chop etish Sahifani ulashish
12.01.2024 3486 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Harbiy vatanparvarlik oyligi” doirasida Transport vazirligida ko‘rgazmali tadbir tashkil etildi.

 

“Yangi O‘zbekiston armiyasi mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir” mavzusida tashkil etilgan tadbirda vazirlik markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

 

Tadbirda ta’kidlanganidek, bugun mamlakatimizda harbiy xizmatning obro‘-e’tibori oshib, armiya va xalq birligi yangicha mazmunga ega bo‘lmoqda. Bu esa yoshlarimiz qalbida armiya bilan faxrlanish tuyg‘usi, Vatan himoyasidek oliyjanob kasbga hurmat-ehtirom hissini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.   

 

Zero, vatanparvarlik har bir davlat hayotining ma’naviy asosi hisoblanib, jamiyatni har tomonlama rivojlantirish borasida eng muhim safarbar etuvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi.

 

Tadbir davomida Mudofaa vazirligi toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan namoyish etilgan ko‘rgazmali chiqishlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.