Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

15 avgustdan metro faoliyati qayta yo‘lga qo‘yiladi

Chop etish Sahifani ulashish
14.08.2020 5911 Yangiliklar


O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq 2020 yil 15 avgustdan boshlab, Toshkent metropoliteni faoliyati qayta yo‘lga qo‘yiladi.


Soat 6-00 dan e’tiboran, Toshkent metropolitenining “O‘zbekiston”, “Chilonzor” va “Yunusobod” liniyalari doimiy ish rejimida faoliyat yuritishni boshlaydi.

Metro vagonlari doimiy ravishda qatnovga chiqishdan oldin va har bir qatnovni yakunlagandan so‘ng to‘liq dezinfektsiyadan o‘tkaziladi.

Sanitariya talablari doirasida yo‘lovchilarning metro stantsiyalari va poyezd vagonlari ichida tibbiy niqobda bo‘lishlari talab etiladi, tibbiy niqobsiz yo‘lovchilar metro stantsiyalariga kiritilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent metropolitenining “Yunusobod” liniyasida yangi qurib bitkazilgan bekatlarida, shuningdek, halqa metro liniyasining Do‘stlik – Qo‘yliq uchastkasida qatnovlar hozircha amalga oshirilmaydi.