Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Fevral oyida Rossiyadan O‘zbekistonga 2 ta maxsus yo‘lovchi poyezdi qatnovi amalga oshiriladi!

Chop etish Sahifani ulashish
15.02.2022 3578 Yangiliklar

 

Rossiya davlatidagi yurtdoshlarimizga mamlakatimizga kelishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida joriy yil fevralь oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Voljskiy – Toshkent” yo‘nalishida 483-sonli maxsus yo‘lovchi poyezdining ikki marotaba qatnovi amalga oshiriladi.

Ushbu poyezdlar 2022 - yil 18 va 25 - fevral kunlari soat 20:50 da “Voljskiy” temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshiradi.

Mazkur poyezdga faqat bir tomonga, ya’ni “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishiga chiptalar sotiladi. Chiptalarni elektron tarzda ham sotish yo‘lga qo‘yilgan.

Rossiyadagi yurtdoshlarimizning yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining nusxasi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ veb-sayti orqali e-ticket.railway.uz dan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, jo‘natishlari ham mumkin.