Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

2020 yildan multimodal transport koridori bo‘ylab konteyner yuk poyezdi tashuvlarni amalga oshirishni boshlaydi

Chop etish Sahifani ulashish
21.12.2019 9899 Yangiliklar

Joriy yilning 19-20 dekabr kunlari Toshkent shahrida Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekiston temir yo‘llari rahbarlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi ishtirokida xalqaro multimodal transport koridorini rivojlantirish masalasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston tomoni tashabbusi bilan koridor ishtirokchilari hamkorligida tashkil etilgan birinchi uchrashuvda, yuk tashish hajmini oshrish, ushbu xalqaro loyihaga a’zo davlatlar hududi orqali multimodal tashuvlarni rivojlantirish bo‘yicha dolzarb masallar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida yagona tranzit tarif stavkalari va koridor bo‘ylab yuk tashish shartlari o‘rnatilib, logistika infratuzilmasi muhokama qilindi. Tomonlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Transport Tazirligi raisligida loyihada ishtirok etayotgan davlatlar temir yo‘llari rahbarlaridan tarkib topgan Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitani tuzishga kelishib oldi.

Ushbu multimodal transport koridori bo‘ylab konteyner yuk poezdining ilk sinov qatnovini 2020 yilning birinchi choragida amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati