Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

22 avgustdan shaharlararo elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Chop etish Sahifani ulashish
19.08.2020 5288 Yangiliklar

 

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 15 avgustdan karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha qabul qilgan qaroriga asosan yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan 2020 yil 22 avgustdan boshlab, shaharlararo elektropoyezdlar qatnovi qayta tiklanadi.

6440 - sonli Xojikent – O‘zbekiston;
6442 - sonli Xojikent – Toshkent;
6429 - sonli Toshkent – Xojikent;
6430 - sonli Xojikent – Toshkent;
6435 - sonli Toshkent – Xojikent;
6436 - sonli Xojikent – Toshkent;
6437 - sonli Toshkent – Xojikent;
6441 - sonli Toshkent – Xojikent;
6414 - sonli Toshkent – Guliston;
6413 - sonli Guliston – Toshkent;
6418 - sonli Toshkent – Sirdaryo;
6407 - sonli Sirdaryo – Toshkent.

Izoh: Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Hurmatli yo‘lovchilar!

Vokzal hududida hamda vagon ichida karantin talablari bo‘yicha belgilangan barcha sanitariya gigiena me’yorlarga doimiy ravishda qat’iy rioya qiling. O‘zingiz va atrofdagilarning salomatligiga befarq bo‘lmang!