Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

76 300 ta yuk avtotransporti tekshiruvdan o‘tkazildi

Chop etish Sahifani ulashish
17.05.2024 1250 Yangiliklar

2024-yil 5-apreldan 5-mayga qadar Respublikamizning barcha hududlarida “Biz avtomobil yo‘llari tarmog‘ining soz holatda saqlanishi tarafdorimiz” shiori ostida nazorat oyligi tadbirlari davomida Transport nazorati inspeksiyasi, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi hamkorligida 750 ta qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazilib, 76 300 ta yuk avtotransporti tekshiruvdan o‘tkazildi.

 

755 ta avtotransport vositalari haydovchilariga ma’muriy bayonnoma rasmilashtirilib shulardan, vaqtinchalik saqlab turish uchun 268 ta transport vositasi jarima maydoniga joylashtirilgan.

 

Shu bilan birga katta hajmli va og‘ir vaznli yuk avtotransport vositalari mavjud bo‘lgan tashuvchi korxonalar va haydovchilarga jami 18 974 ta tarqatma materiallar tarqatildi.

 

Respublika bo‘yicha 22 ta shundan 4 ta statsionar va 18 ta ko‘chma tarozilar o‘rnatilgan nazorat punktlarida nazorat-profilaktik tadbirlar davom etmoqda.