Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

ACWA Power kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi  

Chop etish Sahifani ulashish
23.02.2024 1202 Yangiliklar

 

Bugun, 23-fevral kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi, O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni Ishbilarmonlar kengashi hamraisi Muhammad Abdulloh Abunayyan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

 

Dastlab, uchrashuvda mamlakatimiz transport sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida mehmonlarga batafsil ma’lumot berildi.

 

Shundan so‘ng, transport infratuzilmasini rivojlantirish va yo‘l qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari hamda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan “Toshkent – Samarqand”, “Toshkent – Andijon” pullik avtomobil yo‘llarini, “Sirdaryo – Baxt” shaharlarini aylanib o‘tuvchi 38 km avtomobil yo‘lini qurish hamda aviatsiya sohasidagi loyihalar muhokama etildi.