Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Aholiga qulay, tezkor va xavfsiz jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish eng dolzarb masala!

Chop etish Sahifani ulashish
28.08.2024 2514 Yangiliklar

Joriy yilning 4-sentabr kunidan Yangi o‘quv yili boshlanishi oldidan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi rahbari J.Karimov, Avtomobil va jamoat transporti departamenti boshlig‘i M.Ikramov,  "Toshshahartransxizmat" AJ boshqaruv raisi R.Shamuradov va sohaviy xizmat xodimlari, 8 ta avtobus saroyi rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

 

Yig‘ilishda Toshkent shahrida jamoat transporti xizmat sifatini yaxshilash, yo‘lovchilar uchun munosib sharoitlar yaratish, yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash va avtobus yo‘nalishlarini maqbullashtirish borasida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

Shuningdek, yangi o‘quv yilida avtotransportlar soni ortishini inobatga olgan holda, yo‘lovchi tashishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni, tirbandliklarni oldini olish, yo‘nalishda avtobuslar sonini ko‘paytirish hamda avtobuslar harakati uchun mo‘ljallangan "A" tasmali yo‘laklardan avtobuslar to‘siqsiz harakatlanishini ta’minlash bo‘yicha  mas’ullarga kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

 

Yig‘ilish so‘ngida, yuqorida ta’kidlangan vazifalar zamirida yagona maqsad - xalqimiz va yo‘lovchilarga sifatli, xavfsiz jamoat transportini ko‘rsatish eng oliy maqsadimiz ekanligi ta’kidlab o‘tildi.