Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Air India" va “FlyNas” aviakompaniyalari O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni bajarish uchun ruxsatnoma oldi

Chop etish Sahifani ulashish
25.06.2021 6809 Yangiliklar

 

 

O‘zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi Hukumatlari o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi Bitim asosida "O‘zaviatsiya" agentligi tomonidan Hindiston Respublikasining "Air India" aviakompaniyasiga 2021- yil 25- iyunda 11-K sonli Ekspluatatsion ruxsatnoma berildi.

Ushbu ruxsatnomaga muvofiq "Air India" aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasiga Dehli – Toshkent – Dehli yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshiradi.

Aviakompaniya parvozlarni Airbus 320-214 va Airbus 320-251N havo kemalarida bajaradi.

Shuningek, O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Qirolligi o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi ikki tomonlama davlatlararo Bitim asosida Saudiya Arabistoni Qirolligining "FlyNas" aviakompaniyasiga 12-K sonli O‘zbekiston Respublikasiga Ar-Riyod – Toshkent – Ar-Riyod yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun Ekspluatatsion ruxsatnoma berildi.

Aviakompaniya parvozlarni Airbus 320-251N havo kemasida amalga oshiradi.