Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

"Airbus International” kompaniyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
29.03.2024 4104 Yangiliklar

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev “Airbus International” kompaniyasining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse- prezidenti Jak Garrig bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarning bugungi holati va istiqbollari muhokama etildi. Xususan, mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish maqsadida kompaniyaning zamonaviy samolyotlari xaridi bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.

 

Shuningdek, Farg‘ona viloyati So‘x tumanida aviatsiya qatnovlarini oshirish maqsadida ushbu tumanda joylashgan aerodromga ATR-42 samolyotlari parvozini yo‘lga qo‘yish masalalari va imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

 

Uchrashuv davomida J.Choriyev mamlakatimizda aviatsiya sohasini yanada rivojlantirish maqsadida Toshkent Davlat Transport universiteti talabalariga dars o‘tish maqsadida ikki yillik shartnoma asosida “Airbus” kompaniyasining malakali murabbiylarni jalb qilish hamda ushbu sohada malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida "El-yurt umidi" fondi jamg‘armasi bilan hamkorlikda aviatsiya sohasidagi xodimlarni o‘qitish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklifini bildirdi.

 

Shuningdek, “Airbus” kompaniyasining mintaqaviy markazini ochish hamda kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan simulyatorlarni mamlakatimiz hududida o‘rnatish dolzarbligini bildirib, transport vazirligi ushbu jarayonni qo‘llab-quvalashini ma’lum qildi.

 

J.Garrik ushbu takliflar uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, kompaniyaning mutasaddi vakillari bilan o‘rganib chiqishini ma’lum qildi.