Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi keng nishonlandi

Chop etish Sahifani ulashish
09.02.2024 1177 Yangiliklar

Ulug‘ mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning boy ma’naviy merosi asrlar osha butun bashariyatni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelmoqda.

 

Mamlakatimizda ulug‘ bobokalonimizga ehtirom ko‘rsatish, asarlarini o‘rganish, uni dunyoda keng targ‘ib etishga doimiy e’tibor qaratilmoqda.

 

Ulug‘ alloma tavalludining 583 yilligi munosabati tashkil etilgan adabiy-ma’rifiy tadbir doirasida Transport vazirligi xodimlari poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyiga tashrif buyurdi.

 

Yoshlar muzeyda buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy yashagan davr, shoir hayoti, ijodi va adabiy muhiti, ustozlari va izdoshlari haqida hikoya qiluvchi asarlarning qo‘lyozma va nashr nusxalari haqida atroflicha ma’lumot beruvchi adabiy-badiiy ko‘rgazma bilan yaqindan tanishdi.

 

Tadbirda buyuk mutafakkir shoir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi, jahon adabiyoti tarixi va milliy madaniyatimiz, adabiy estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutishi haqida so‘z bordi.