Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Andijon shahrida jamoat transporti brutto-shartnomalariga o‘tkazilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
04.07.2024 3406 Yangiliklar

2024-yilning 2- iyul sanasidan e’tiboran 1-sonli “Gulshan MFY – Andijon shahar shifoxonasi” avtobus yo‘nalishi brutto-shartnoma tizimiga o‘tkazildi.  Ushbu yo‘nalishga 20 dona avtobus biriktirilgan bo‘lib, qatnov oraliq intervali 10 daqiqani tashkil etadi.

 

Shu munosabat bilan yo‘lovchilarning avtobuslarga chiqishi va tushishi qat’iy tartibda oraliq bekatlaridan amalga oshirilishi lozim. Haydovchilarga tegishli  yo‘riqnomaga asosan faqat bekatlarda yo‘lovchi olish va tushirishi, qat’iy jadval asosida harakatlanishi, yo‘lovchi bor yoki yo‘qligidan qat’iy nazar har bir bekatlarda to‘xtab o‘tishi lozimligi tushuntirilgan.

 

Yangi tizimga muvofiq tashuvchi bosib o‘tilgan yo‘l va sifat mezonlari asosida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishi lozim. Tez orada yana 3 ta shahar avtobus yo‘nalishi bosqichma-bosqich ravishda ushbu tizimga o‘tkaziladi.

 

Ma’lumot uchun: brutto-shartnoma tizimi – yoʻnalishlarda cheklangan tariflarda yoʻlovchi tashish хizmatlari uchun “bosib oʻtilgan yoʻl” va “sifat” mezonlaridan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilishni nazarda tutuvchi vakolatli organ va tashuvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma.