Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Andijonda bo‘sh vagonlarning temir yo‘l izidan chiqib ketgani bilan bog‘liq holat yuzasidan rasmiy izoh

Chop etish Sahifani ulashish
12.12.2019 8947 Yangiliklar

Bugun, 12 dekabr kuni "Qo‘qon-MTU" unitar korxonasiga qarashli Paytug‘ stantsiyasning "Paytug GTS" shaxobcha yo‘lida 6 ta bo‘sh va 7 ta yuklangan jami 13 ta vagonlarning qochish holati sodir bo‘ldi, natijada uchta vagon boshi berk yo‘lga chiqib, ikkita bo‘sh vagonning izidan chiqishiga sabab bo‘ldi.

Mazkur holatning dastlabki sababi, mustahkamlangan vagonlarning bo‘shashi va past tomonga, boshi berk yo‘l tomon harakatlanib ketishidir. Ayni damda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Mazkur holat bo‘yicha OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan ayrim ma’lumotlar, ya’ni voqea Andijon – Qo‘qon yo‘nalishining asosiy yo‘lida sodir bo‘lgani to‘g‘risidagi xabarlar haqiqatdan yiroqdir. Vagon qochishi shaxobcha yo‘lida ro‘y berib, asosiy ekspluatatsion temir yo‘llarining faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmagan. Shuningdek, voqea noqulay ob-havo sharoiti tuman tushishi sababli ro‘y bermagan. Qolaversa, ba’zi bir OAVlarda hodisaga aloqasi bo‘lmagan rasmlar taqdim etilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati