Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Andijonga 100 ta elektrobus olib kelish bo‘yicha amaliy harakatlar boshlandi

Chop etish Sahifani ulashish
21.02.2025 269 Yangiliklar

Andijon viloyatida jamoat transporti tizimini rivojlantirish, aholiga qulay va sifatli transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar harakat tarkibini yangilash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

Harakat tarkibini yangi zamonaviy avtobus va elektrobuslar bilan to‘ldirish, shuningdek, Andijon shahrida brutto-shartnoma tizimini to‘liq ishga tushirish maqsadida 100 ta elektrobus xarid qilinishi rejalashtirilgan.

 

Shu munosabat bilan Andijon viloyati hokimligi, Andijon viloyati transport boshqarmasi, “O‘zmilliybank” AJ hamda salohiyatli tadbirkorlardan iborat delegatsiya ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.

 

Delegatsiya a’zolari “Lanzhou Guangtong Nev Energy Automobile Co., Ltd” va “Guangtong” kompaniyasi tomonidan elektrobuslarni ishlab chiqarish jarayoni, yetkazib berish xizmati va boshqa mavzularda muzokaralar o‘tkazib shartnomalar imzolash bo‘yicha amaliy ishlarni olib bormoqda.